Xromat kislotalar ikki qator tuzlar hosil qiladi: xromatlar (xromat kislotaning tuzlari shunday deb ataladi) va dixrom atlar (dixromat kislotaning tuzlari) shunday deb ataladi. Xromatlar sariq rangli (xromat - ion C rO ^ ning rangi), dixromatlar —zarg‘aldoq rangli (dixromat-ion Cr20]~ ning rangi) bo'ladi.
C rO ^ va Cr2Oy" ionlar vodorod ionlarining konsentratsiyasi o‘zgarganda quyidagi tenglamaiar bo‘yicha bir-biriga aylanadi:
2C rO ^ + 2H+ <=> Cr20?" + H20
va
СГ2О7” + 201-Г Cr20 ^ + H20
Bundan ko‘rinib turibdiki, agar eritmaga ozgina kislota qo‘shilsa, u holda muvozanat dixromat-ionlar Cr2Oy“ hosil bo'lish tomoniga siljiydi va aksincha, agar ishqor qo‘shilsa, u holda muvozanat xromat-ionlar C r0 4 hosil bo'lish tom onga siljiydi. Shu yo‘l bilan xromatlarni dixromatlarga va dixromatlarni xromatlarga aylantirish mumkin.
Dixromatlar Na2Cr20 /2 H 20 va K2Cr20 7 xrompiklar deyiladi. Ular oksidlovchilar sifatida ko'nchilik (terini oshlash), lak bo‘yoq, gugurt va to'qimachilik sanoatlarida ishlatiladi. Xromli aralashma (kaliy dixromatning konsentrlangan sulfat kislotadagi 3% li eritmasi ana shunday ataladi) kimyo laboratoriyalarida shisha idishlarni yuvish uchun ishlatiladi.
Xrom (III) tuzlarining rangijuda turli-tuman—binafsha, ko‘kyashil, jigar rang, zarg‘aldoq, qizil va qora bo‘ladi. Barcha xromit kislotalar va ularning tuzlari, shuningdek, xrom (VI) oksid zaharlidir: teriga, nafas yo'llariga zarar yetkazadi, ko‘zni yallig'lantiradi, shu sababli ular bilan ishlashda barcha choralariga rioya qilish zarur.