Temir oilasining umumiy tavsifi


D.I. Mendeleyev elementlar davriy sistemasining VIII gruppasining yonaki gruppachasida 9 element bor: temir, kobalt, nikel, ruteniy, rodiy, palladiy, osmiy, iridiy, platina. Bu gruppaning bir-biriga o‘xshash elementlari triadalar deyiladigan gorizontal gruppachalar hosil qiladi. Temir, kobalt va nikel elementlari temir triadasini, boshqacha aytganda temir oilasini hosil qiladi. VIII gruppadagi qolgan elementlar platina metallar oilasini tashkil etadi, bu oilaga palladiy va platina triadalari kiradi. Bu oilalar xossalari jihatidan bir-biridan muhim farq qiladi.

Temir triadasi elementlarining atomlari tashqi energetik pog‘onasida 2 tadan elektron bo‘ladi, ular kimyoviy reaksiyalarda shu elektronlarini beradi. Lekin kimyoviy bog£lanishlar hosil bo‘lishida tashqaridan ikkinchi pog‘onaning 3fi?-orbitalidagi elektronlar ham ishtirok etadi. Bu elementlar o‘zlarining barqaror birikmalarida +2, +3 oksidlanish darajalarini namoyon qiladi. RO va R20 3 tarkibli oksidlar hosil qiladi. Ularga R(OH), va R(OH)3, tarkibli gidroksidlar muvofiq keladi.

Neytral molekulalarni, masalan uglerod (II) oksidni (biriktirib olish temir triadasi (oilasi) elementlariga xos xususiyatdir. Karbonillari Ni(CO)4, Co(CO)4 va Fe(CO)5 dan o‘ta toza metallar olish uchun foydalaniladi.

Kobalt bilan nikelning reaksiyaga kirishish xususiyati temirnikiga qaraganda sust. Ular odatdagi temperaturada havoda, suvda va turli xil eritmalarda deyarli korroziyalanmaydi. Suyultirilgan xlorid va sulfat kislotalar temir bilan kobaltni oson eritadi, nikelni esa — faqat qizdirilganda eritadi. Konsentrlangan nitrat kislota uchala metallni ham passivlashtiradi.

Temir oilasidagi metallar qizdirilganda kislorod, suv bugiari, galogenlar, oltingugurt, fosfor, kremniy, ko'mir va brom bilan reaksiyaga kirishadi. Eng barqarorlari temir (III), kobalt (II) va nikel (II) birikmalaridir.

Temir, kobalt va nikel standart elektrod potensiallar qatorida vodoroddan oldin, platina metallari esa keyin joylashgan. Shu sababli temir oilasidagi metallar tabiatda birikmalar (oksidlar, sulfidlar, sulfatlar, karbonatlar) holida tarqalgan, erkin holda juda kamdan-kam — temir meteoritlari holida uchraydi. Tabiatda tarqalganligi jihatidan temirdan keyin nikel, so‘ngra kobalt turadi.

Temir oilasidagi elementlarning +2 oksidlanish darajasida hosil qilgan birikmalari bir-biriga o‘xshaydi. Ular yuqori oksidlanish darajalarida oksidlash xossalarini namoyon qiladi. Temir, kobalt, nikel va ularning qotishmalari hozirgi texnikaning ancha muhim materiallaridir. Lekin bular orasida temir eng katta ahamiyatga ega.

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan