Temir


Temirning eng muhim rudalari. Temir aluminiydan keyin — tabiatda eng ko‘p tarqalgan metall. Uning po‘stlog‘idagi umumiy miqdori 5,1 % ni tashkil etadi. Temir ko‘pchilik minerallar tarkibiga kiradi. Temirning eng muhim rudalari quyidagilardir: 1) magnitli temirtosh Fe30 4; yuqori sifatli bu rudaningyirikkonlari Uralda — Visokaya, Blagodat, Magnitnaya togiaridadir; 2) q i z i 1 temirtosh Fe30 3; uning eng yirik koni — Krivoy- Rog konidir; 3 ) q o ‘ng‘ir temirtosh Fe30 3 H20 ; yirik koni — Kerch konidir.

Yuqorida aytilgan konlardan tashqari ularning katta qatlamlari Kursk magnit anomaliyasida. Kola yarim orolida, Sibirda va Uzoq Sharqda topilgan.

Tabiatda ko'pincha katta miqdorlarda oltingugurt kolchedani (pirit) FeS2 uchraydi. U sulfat kislota olish uchun boshlangich xomashyo sifatida ishlatiladi.

Fizik xossalari. Temir — yaltiroq kumushrang-oq metall, uning zichligi 7,87 g • sm3, suyuql. t. 1539°C. Yaxshi plastiklik xususiyati bor. Temir oson magnitlanadi va magnitsizlanadi, shu sababli dinamomashina va elektr, motorlarning o‘zaklari sifatida ishlatiladi.

Temir massa sonlari 54, 56 (asosiysi), 57 va 58 boigan to'rtla barqaror izotopdan tarkib topgan. Radioaktiv izotoplari ^Fe va 26Fe ham ishlatiladi.

Kimyoviy xossalari. Temir atomlarida elektronlarning energetik pog'onalar bo'yicha joylashuvini shunday ko'rsatish mumkin: 2.8.(8+6).2. Oxirgi pog'onada — 2 elektron, oxirgidan oldingida - 14 ta, shu jumladan 6 ta oktetdan ortiqcha elektron bor.

Temir ikkita tashqi elektronini berib, +2 oksidlanish darajasini namoyon qiladi: uchta elektronini (ikkita tashqi va bitta tashqaridan oldingi pog'onaning oktetdan ortiqcha elektronini) berganida +3 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.

                                                                      Fe — 2e = Fe2+;                            F e -3 e = Fe3+

Temir atomining va Fe2+ hamda Fe3+ ionlarining 3d-va 3sorbitallarining elektron strukturalarini shunday tasvirlash mumkin:

Temir uchun boshqa oksidlanish darajalari xos emas.

Temir suyultirilgan xlorid va sulfat kislotalarda eriydi, ya’ni vodorod ionlari ta’sirida oksidlanadi:

                                                                                   Fe + 2H+ = Fe2+ + H2 t

Temir suyultirilgan nitrat kislotada ham eriydi, bunda temir (III) tuzi, suv va nitrat kislotaning qaytarilish mahsuloti — NH3 yoki N 20 bilan N 2 hosil boiadi.

Yuqori temperaturada (700 — 900°C) temir bugiari bilan reaksiyaga kirishadi:

                                                                             3Fe + 4H20 = Fe30 4 + 4H2 T

Qattiq qizdirilgan temir sim kislorodda ravshan alanga berib yonadi va kuyindi — temir (II, III) oksid hosil qiladi:

                                                                                           3Fe+20 =Fe,0,

Temir isitilganda xlor va oltingugurt bilan yuqori temperaturada — ko'mir, kremniy va fosfor bilan reaksiyaga kirishadi. Temir karbid Fe3C sementit deyiladi. Bu kulrang qattiq modda, juda mo'rt va qiyin suyuqlanadi.

Temir metallar va metallmaslar bilan qotishmalar hosil qiladi , bu qotishmalar xalq xo‘jaligida nihoyatda katta ahamiyatga ega.

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan