Temirning ikki xil: temir (II) va temir (III) birikmalari eng ko‘p uchraydi. Ozroq miqdorda temir (VI) birikmalari — ferratlar ham ma’lum, masalan, kaliy ferrat K2F e04 va bariy ferrat BaFe04.
Temir (II) oksid FeO — oson oksidlanadigan qora kukun. Temir (III) oksidni 500°C da uglerod (II) oksid bilan qaytarish orqali olinadi:
Fe20 3+C0=2Fe0+C02
FeO asosli oksid xossalarini namoyon qiladi: kislotalardan oson erib, temir (II) tuzlarini hosil qiladi.
Temir (III) oksid Fe20 3 — temirning eng barqaror tabiiy kislorodli birikmasi. Kislotalarda erib temir (III) tuzlarini hosil qiladi.
Temir (I, III) oksid Fe20 3 — tabiatda magnetit minerali holida uchraydi. U tokni yaxshi o ‘tkazadi, shu sababli elektrodlar tayyorlash uchun foydalaniladi.
Oksidlarga temir gidroksidlari muvofiq keladi.
Temir (II) gidroksid Fe(OH)2 havosiz joyda temir (II) tuzlariga ishqorlar ta’sir ettirilganda hosil bo‘ladi:
Fe2++20H-=Fe(0H)2
Oq rangli cho‘kma tushadi. Havo ishtirokida uning rangi yashilroq, so‘ngra qo‘ng‘ir tusga kiradi. Temir (II) kationlari Fe2+ havo kislorodi yoki boshqa oksidlovchilar ta’sirida oson oksidlanib, temir (III) Fe3+ ga aylanadi. Shuning uchun temir (II) birikmalarining eritmalarida doimo temir (III) kationlari bo‘ladi. Xuddi shu sababli oq tusli temir (II) gidroksid Fe(OH)2 havod^cKstlab yashilroq, so‘ngra qo‘ng‘ir tusga kirib, temir (III) gidroksid Fe(OH)3 ga aylanadi:
4Fe(0H)2+ 02+2H20=4Fe(0H)3
Fe(OH)2 asos xossalarini namoyon qiladi, mineral kislotalarda yaxshi erib, tuzlar hosil qiladi.
Temir (III) gidroksid Fe(OH)3 temir (III) tuzlariga ishqorlar ta’sir ettirilganda qizil-qo‘ng‘ir cho‘kma holida hosil bo‘ladi:
Fe3++30H-=Fe(0H)3
Fe(OH)3 — temir (II) gidroksidga qaraganda kuchsizroq asos. Bunga sabab shuki, Fe2+ da ionning zaryadi Fe3+ dagiga qaraganda kichik, radiusi esa katta, demak, Fe2+ gidroksid-ionlarni bo'shroq tutib luradi, ya’ni Fe(OH)2 ancha oson dissotsilanadi. Shuning uchun lemir (II) tuzlari juda oz darajada; temir (III) tuzlari esa — juda kuchli gidrolizlanadi
Fe2+ + H20 Fe(OH)+ + H+ Fe3+ + H20 <=> Fe(OH)2+ + H+
Temir (III) gidroksidda salgina amfoterlik xossasi bor-u suyultirilgan kislotalarda va ishqorlarning konsentrlangan eritmalarida eriydi:
Fe(0H)3+3H+=Fe3++3H20 Fe(0H)3+30H-=[Fe(0H)6]3
Temir tuzlaridan quyidagilar eng ko‘p ishlatiladi: 1) temir (II) sulfatning geptagidrati (temir kuporosi) FeS04-7H20 o‘simliklarning zararkunandalariga qarshi kurashda, moy-bo‘yoqlar tayyorlashda va b. maqsadlarda ishlatiladi; 2) temir (III) xlorid FeCl3 suvni tozalashda koagulyant sifatida, shuningdek gazlamalarni bo‘yashda bo‘yoqni o ‘chmaydigan qilish uchun ishlatiladi; 3) temir (III) sulfatning nonagidrati Fe2(S04)3- 9H20 koagulyant sifatida, shuningdek, metallarni dorilashda ishlatiladi; 4) temir (III) nitratning nonagidrati F e(N 03)3 • 9H20 ip-gazlamalarni bo‘yashda bo‘yoqni o‘chmaydigan qilish uchun va ipakni og'irlashtiruvchi sifatida ishlatiladi.
Temir (II) kationi va temir (III) kationiga sifat reaksiyalar. Temir (III) kationi ammoniy tiosianat NH4NCS yoki kaliy tiosianat KNCS ning eritmasi, aniqrog‘i tiosianat-ion NCS" yordamida oson bilib olinadi. Temir (III) tuzining eritmasiga NCS~ ta’sir ettirilganda qizil-qon rangli birikma — temir (III) tiosianat Fe(NCS)3 hosil bo‘ladi:
Fe3+ + 3NCS“ <=> Fe(NCS)3
Tiosianat-ion NCS- temir (III) kationi Fe3+ ga reagent boTib xizmat qiladi.
Temir (III) kationi Fe3+ ni aniqlash uchun temirning s a r i (| q o n tuzi deyiladigan murakkab (kompleks) birikmasi — kaliy geksasianoferrat (II) K JF e(C N )J ni ishlatish qulay. Bu tuz eritmada ionlarga dissotsilanadi:
K4[Fe(CN)6] *=* 4K+ + [Fe(CN)6]4
Geksasianoferrat-ionlar [Fe(CN)6]4~ temir (III) kationlari Fe31 bilan o'zaro ta’sirlashganda to'q ko‘k cho'kma — temir (III)- geksasianoferrat (II) (berlin zangorisi) hosil boiadi:
3[Fe(CN)6]4“ +4Fe3+ = Fe4[Fe(CN) 6 ]3 I
Temirning boshqa murakkab birikmasi — kaliy (III) geksasianoferrat (qizil qon tuzi) eritmada dissotsilanadi:
K3 [Fe(CN)6] <=> 3K+ + [Fe(CN)6]3~
geksasianoferrat (III) ionlar [Fe(CN)6[3~ temir (II) kationlari Fe2+ bilan o'zaro ta ’sir ettirilganda ham to'q ko'k cho'kma — temir (II) geksasianoferrat (II) (turnbul ko'ki) hosil boiadi:
2[Fe(CN )6]3-+ 3F e 2+=Fe3[Fe(CN )6]2i
Shunday qilib, K4[Fe(C N )6] va K3[Fe(C N )6] birikmalar tegishlicha temir (III) kationi Fe2+ ga muhim reagentlar hisoblanadi.