Organik kimyo fani


Tarkibiga uglerod elementi kiradigan birikm alar organik birikmalar deyiladi. Uglerodning nihoyatda ko‘p birikmalari — tabiiy va sintetik birikmalari organik birikmalar qatoriga kiritiladi va ulami organik kimyo o‘rganadi. Uglerodning eng oddiy birikmalarini — uning oksidlari, karbonat kislota va uning tuzlari hamda ba’zi boshqa birikmalarini anorganik birikmalar qatoriga kiritish qabul qilingan. Ularni anorganik kimyo o‘rganadi.

Organik birikmalar tarkibida ugleroddan tashqari ko‘pincha vodorod, kislorod, azot, ba’zan oltingugurt, fosfor, galogenlar va ayrim metallar (alohida-alohida yoki turli xil kombinatsiyalarda) boiadi.

Organik kimyo — kimyoning katta va mustaqil boMimi bo‘lib, uning mavzu bahsi uglerod birikmalarining kimyosidir: bu fan ularning tuzilishi, xossalari, olinish usullari, amalda foydalanish imkoniyatlarini o‘rganadi. Anorganik va organik kimyo orasiga amalda qat’iy chegara qo‘yib bo‘lmaydi.

Organik kimyo mustaqil fan sifatida XIX asrning boshlarida ajralib chiqdi. Bunda mda ko‘p sonli organik moddalaming, asosan o ‘simliklardan va hayvon organizm laridan ajratib olinadigan moddalarning kashf etilishi va tekshirilishi sabab bo‘ldi. XIX asrning birinchi yarmida organik moddalar birinchi marta sintetik yo‘l bilan olindi.

Organik kimyo odam hayotida va amaliy faoliyatida katta rol o‘ynaydi. Shu yerda organik moddalar ishlab chiqaradigan yoki organik xomashyoni qayta ishlaydigan sanoatning eng muhim tarm oqlarini ta ’kidlab o 'tam iz: kauchuk, sm ola, rezina, plastmassa, tola ishlab chiqarish, neft-kimyo sanoati, oziq-ovqat, farmatsevtika, lok-bo‘yoq sanoatlari va b. Sintetik yuqori molekular m oddalar — polim erlar ishlab chiqarish bizning asrimizda nihoyatda katta ahamiyat kasb etdi.

 

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan