Organik birikmalarning o ‘ziga xos xususiyatlari


Organik birikmalardan farq qilib, organik moddalarning bir qator o ‘ziga xos xususiyatlari bor. Awalo uglerod atomlarining bir-biri bilan birikib, zanjir va halqalar hosil qilish xususiyatlarini aytib o‘tish lozim, bu xususiyat anorganik birikmalarga unchalik xos emas. Bu organik birikmalarning turli-tumanlilik sabablaridan biridir.

Organik molekulalarda atomlar orasida bogianish kovalent bo‘ladi. Shu sababli organik moddalar, odatda, noelektrolitlar hisoblanadi.

Agar ionli (anorganik) birikm alar suvda ionlarga oson dissotsilanadigan va ular orasidagi reaksiyalar ancha tez boradigan bo‘lsa, molekulasida oddiy (birlam chi) С — С va С — H bog'lanishlar bor organik m oddalar bir-biri bilan juda qiyin reaksiyaga kirishadi yoki umuman reaksiyaga kirishmaydi.

Organik birikmalar 400—600°C chegarasida qizdirilganda to'liq parchalanadi yoki ko‘mirga aylanadi, kislorod ishtirokida esa yonadi. liunga sabab uglerod atomlari orasidagi bog‘lanishning puxtaligi unchalik katta emasligidir (355,6 kJ/mol).

Uglerod atomining o‘ziga xos xususiyatlari uning tuzilishi bilan tushuntiriladi: uning to‘rtta valent elektroni bor. Uglerod atomlari boshqa atomlar bilan, shuningdek, bir-biri bilan umumiy elektron juftlar hosil qiladi. Bunda har qaysi uglerod atomining tashqi pog‘onasida sakkizta elektron (oktet) bo‘ladi, ulardan to'rttasi bir vaqtning o‘zida boshqa atomlarga ham taalluqli bo‘ladi.

Organik kimyoda odatda struktura formulalaridan foydalaniladi, chunki atomlar molekulada fazoviy joylashgan bo‘ladi. Struktura formulalari — bu organik kimyoning tilidir.

Struktura formulalarida kovalent bog‘lanish chiziqcha bilan belgilanadi. Anorganik moddalarning struktura formulalaridagi kabi har qaysi chiziqcha molekulada atomlami birbiri bilan bog'laydigan umumiy elektron juftni bildiradi. Empirik va elektron formulalardan ham foydalaniladi.

 

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan