O rganik birikmalarning gomologik qatorlari


Turli-tuman organik birikmalar orasidan moddalarning kimyoviy xossalari jihatidan o'xshash va bir-biridan CH2 gruppaga farq qiladigan gruppalarini ajratish mumkin.

Kimyoviy xossalari jihatidan o‘xshash, tarkibi bir-biridan CH2 Kruppaga farq qiladigan birikmalar gomologlar deyiladi. Nisbiy molekular massasi ortib borishi tartibida joylashtirilgan gomologlar gomologik qatorni hosil qiladi. CH2 gruppa gomologik farq deyiladi.

Gomologik qatorga to'yingan uglevodorodlar (alkanlar) qatori misol boia oladi. Uning eng oddiy vakili — metan CH4. Metanning ^omologlari quyidagilar: etan C2H6, propan C3H8, butan C4, H10, pentan C5H 12, geksan C6H 14,geptan C2H 16 va h.k. Keyingi har qaysi gomologlarning formulasini oldingi uglevodorodning Ibrmulasiga gomologik farqni qo'shish yoii bilan hosil qilish mumkin.

Gomologik qator barcha a’zolari molekulalarining tarkibini bitta um um iy form ula bilan ifodalash m um kin. To'yingan uglevodorodlarning ко'rib chiqilgan gomologik qatorining umumiy formulasi СпН2я+2 bo'ladi, bunda n — uglerod atomlarining soni.

Gomologik qatorlarni organik birikmalarning barcha sinflari uchun tuzish mumkin. Gomologik qator bitta a’zosining xossalarini bilgan holda shu qatordagi boshqa a’zolaming xossalari haqida xulosa chiqarish mumkin. Bu organik kimyoni o'rganishda gomologiya tushunchasining muhimligini ko'rsatadi.

 

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan