To‘yingan uglevodorodlar (alkanlar)


Uglevodorodlar — ikkita elem entdan — uglerod bilan vodoroddan tarkib topgan eng oddiy organik birikmalardir. Tarkibi umumiy C H 2n+2 formula bilan ifodalanadigan (bunda n — uglerod atom larining soni) birikmalar to'yingan uglevodorodlar yoki alkanlar (xalqaro nomi) deyiladi. To'yingan uglevodorodlarning molekulalarida uglerod atomlari bir-biri bilan oddiy (birlamchi) bogianish orqali bogiangan, qolgan barcha valentliklari esa vodorod atomlari bilan to'yingan boiadi. Alkanlar parafinlar* ham deyiladi.

Alkanlar gomologik qatorining birinchi a’zosi metan CH4. Uglevodorod nomidagi -an qo'shimcha to'yingan uglevodorodlar nomiga xos qo'shimchadir. Metandan keyin etan C2H 6, propan C3H 8,butan C4H 10 keladi. Beshinchi uglevodoroddan boshlab uglevodorod nom i m olekuladagi uglerod atom lari sonini ko'rsatuvchi grekcha son nomiga -an qo'shimchasini qo'shib hosil qilinadi. Bular pentan C5H 12, geksan C6H |4, geptan C7H,6, oktan C8H 18, nonanC9H20, dekan C I0H22 va h.k

Gomologik qatorda uglevodorodlar fizik xossalarining asta-sekin o'zgarishi kuzatiladi: qaynash va suyuqlanish temperaturalari ko'tariladi, zichligi ortadi.

Odatdagi sharoitda (temperatura 22 °C) qatorning dastlabki to'rtta a’zosi (metan, eten, propan, butan) — gazlar, C5H 12 dan C 16H34 gacha — suyuqlikdir, C17H36 dan boshlab — qattiq moddalar.

Alkanlarning ham m asi vodorodga batam om (maksimal) to'yingan. Ularning uglerod atomlari sp3- gibridlanish holatida, demak, oddiy (birlamchi) bogianishli boiadi

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan