Alkanlarning va ular hosilalarining nomenklaturasi


To'yingan uglevodorodlar dastlabki o'nta a’zosining nomini aytib o'tdik. Alkanning uglerod zanjiri tarmoqlanmaganligini ta’kidlash uchun ko'pincha nomiga normal (л-) so'zi qo'shiladi, masalan:

CH3 - CH2 - CH2 - CH3 n- butan (normal butan) CH3 - CH2 - CH2 - CH2 - CH2 - CH2 - CH3 n- geptan (normal geptan)

Alkan molekulasidan vodorod atomi ajralganda uglevodorod radikallari deyiladigan (qisqacha R harfi bilan belgilanadi) bir valentli zarrachalar hosil boiadi. Bir valentli radikallarning nomi tegishli uglevodorod nomidagi -an qo'shimchani -il qo'shimchaga almashtirib hosil qilinadi. Misollar keltiramiz:

Radikallarni faqat organik emas, balki anorganik birikmalar ham hosil qiladi. Masalan, agar nitrat kislotadan gidroksid gruppa OH ajratib olinsa, u holda bir valentli radikal — N 0 2 hosil bo‘ladi, u nitrogruppa deyiladi va h.k.

Uglevodorod molekulasidan vodorodning ikkita atomi olinganda ikki valentli radikallar hosil bo'ladi. Ularning nomi ham tegishli to‘yingan uglevodorod nomidan -an qo‘shimchani -iliden (agar vodorod atomlari bitta uglerod atomidan tortib olingan bo‘Isa) yoki ilen (agar vodorod atomlari ikkita qo‘shni uglerod atomidan tortib olingan bo‘Isa) qo'shimchaga almashtirish yo‘li bilan hosil qilinadi. Radikal CH2— metilen deyiladi.

Radikallarning nomi uglevodorodning ko'pchilik hosilalarining nomenklaturasida foydalaniladi. Masalan: CH3J — metil yodid, C4H9C1 — butil xlorid, CH2C12 — metilen xlorid, C2H4Br etilen bromid (agar brom atomlari turli uglerod atomlari bilan bog‘langan bo‘lsa) yoki etiliden bromid (agar brom atomlari bitta uglerod atomi bilan bog‘langan bo‘lsa).

Izomerlarni nomlash uchun ikki xil nomenklaturadan ko‘p foydalaniladi: eski — ratsional va yangi — o‘rinbosar nomenklatura, bu nomenklatura sistematik yoki xalqaro nomenklatura ham deyiladi (nazariy va amaliy kimyoning xalqaro ittifoqi IYuPAK tomonidan tavsiya etilgan).

Ratsional nomenklaturaga ko‘ra uglevodorodlar metanning bitta yoki bir necha vodorod atomlari o ‘rnini radikallar olgan hosilasi sifatida qaraladi. Agar formulada bir xil radikallar bir necha marta takrorlanadigan bo‘lsa, u holda ular grek sonlari bilan ko‘rsatiladi:

di — ikki, tri — uch, tetra — to ‘rt, penta — besh, geksa — olti va h.k.

сн4 c h 3 - : c h 2j - c h 3 metan dimetilmetan (propan) CH2 -C H 3 CH3 -C H 2 ~[c ] - c h 2 -C H 2 -C H 3 metildietilpropilmetan

Ratsional nomenklatura uncha murakkab bo‘lmagan birikmalar uchun qulaydir.

О ‘ rinbosar nomenklaturagako‘rauglevodorodnomigabitta uglerod zanjiri asos bo‘ladi, molekulaning qolgan barcha qismlari o‘rinbosarlar sifatida qaraladi. Bunda uglerod atomlarining eng uzun zanjiri tanlab olinadi va zanjirdagi atomlar uglevodorod radikali yaqin turgan uchidan boshlab nomerlab chiqiladi. So'ngra awal radikal bog‘langan (eng oddiy radikaldan boshlab) uglerod atomining nomeri aytilib, keyin uzun zanjirga muvofiq keladigan uglevodorodning nomi aytiladi. Agar formulada bir xil radikallar bir nechta bo‘lsa, ularning nomi oldiga soni so‘z bilan (di, tri tetra- va h.k.) yozib qo'yiladi, radikallarning raqamlari esa vergul bilan ajratiladi. Bu nomenklaturaga ko‘ra geksanning izomerlarini quyidagicha nomlash lozim:

CH3- C H 2- C H 2 - C H 2 - C H 2- C H 3 л -geksan 1 2 3 4 5 C H . - C H - C H , - C H 2 - C H 3 iH3 2 -metilpentan 1 2 3 4 5 CH3- C H 2- C H - C H 2 - C H 3 CH3 3 -metilpentan

Izomerlarning formulalarini yozishda ularda uglerod atomlari turlicha holatni egallaganligi ko'rinadi. Zanjirda faqat bitta uglerod atomi bilan bog'langan uglerod atomi birlamchi, ikkitasi bilan bog'langani — ikkilamchi, uchtasi bilan bog‘langani — uchlamchi, to‘rttasi bilan bog‘langani — to'rtlamchi deyiladi. Masalan, oxirgi misolda 1- va 7- uglerod atomlari — birlamchi, 4- va 6 — ikkilamchi, 2- va 3 — uchlamchi, 5 — to ‘rtlamchi. Vodorod atomlarining, boshqa atomlarning va funksional gruppalarning xossalari ular qaysi uglerod atomi: birlamchi, ikkilamchi yoki uchlamchi bilan bog'langanligiga bog‘liq. Buni doimo e’tiborga olish kerak.

 

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan