Polimerlanish reaksiyalari. Polietilen


Polimerlanish — bu bir xil molekulalarning ketma-ket birikib, incha yirik molekulalar hosil qilishidir. Polimerlanishning oddiy lioli azot (IV) oksid misolida ko'rib chiqilgan edi. Polimerlanish reaksiyalari ayniqsa to'yinmagan uglevodorodlar uchun xos. M asalan, etilendan yuqori m olekular modda — polietilen hosil bo'ladi. Etilen m olekulalari bir-biri bilan i|o‘shbog'ning uzilish joyidan birikadi:

CH2=CH2+ CH2= CH2+ CH2= CH2+ ...^ - ^ - C H - C H - C H - CH2-C H 2-C H 2-...-> . .-C H 2-C H 2- C H - C H 2-C H - C H 2-

Bu reaksiyaning tenglamasi qisqartirilgan holda quyidagicha yoziladi:

                                                          яСН,= CH2 -> ( - C H - C H - ) „

Bunday molekulalarning (makromolekulalarning) uchlariga erkin atom yoki radikallar (masalan, etilendan vodorod atomlari) birikadi. Polimerlanish reaksiyasining mahsuloti polimer (grekcha poli — ko'p, meros — qism), polimerlanish reaksiyasiga kirishadigan boshlang'ich modda esa monomer dob ataladi. Polimer — molekular massasi juda katta bo'lgan modda, uning molekulasi ko'p sonli takrorlanadigan, bir xil tuzilgan gruppalardan tarkib topgan. Bu gruppalar elem entar zvenolar yoki struktura birliklari deyiladi. Masalan, polietilenning elementar zvenosi atomlar gruppasi — CH2—CH 2— dan iborat.

Makromolekulada takrorlanadigan elementar zvenolar soni polimerlanish darajasi deyiladi (n bilan belgilanadi). Bir xil monomerlarning o'zidan polimerlanish darajasiga qarab xossalari turlicha bo'lgan moddalar olish mumkin. Masalan, qisqa zanjirli (n = 2 0 ) polietilen surkov xossalariga ega bo'lgan suyuqlikdir. Zanjirning uzunligi 1500 — 2000 zvenodan iborat bo'lgan polietilen qattiq, lekin egiluvchan plastik material bo'lib, undan pardalar olish, butilka va boshqa idish-tovoq, elastik trubalar va h. tayyorlash mumkin. Nihoyat, zanjirining uzunligi 5 — 6 ming zveno bo'lgan polietilen qattiq modda bo'lib, undan quyma buyumlar, qattiq trubalar, pishiq iplar tayyorlash mumkin.

Agar polimerlanish reaksiyasida ozroq sondagi molekulalar ishtirok etsa, u holda quyi molekular moddalar, masalan, dimerlar, trimerlar va h.k. hosil bo‘ladi. Polimerlanish reaksiyalarining borisli shart-sharoitlari juda turli-tumandir. Ba’zi hollarda katalizator va yuqori bosim kerak. Lekin asosiy omil monomer molekulasining tuzilishidir.

Polimerlanish reaksiyasiga to'yinmagan birikmalar karrali bog‘lanishlarning uzilishi hisobiga kirishadi. Polimerlaming struktura formulalari qisqacha shunday yoziladi: elementar zvenoning formulasi qavs ichiga olinadi va o ‘ng tomonning pastiga n harfi qo‘yiladi. Masalan, polietilenning struktura formulasi (—C H 2—C H 2—)n. Polimerning nomi monomerning nomiga p о 1 i — old qo‘shimchani qo‘shish bilan hosil qilinadi, masalan, polietilen, polivinilxlorid, polistirol va h.k.

Polistiroldan elektr va radiotexnikada dielektrik sifatida foydalaniladi. Kislotabardosh trubalar, idishlar, shuningdek, turmushda ishlatiladigan buyumlar — taroqlar, o ‘yinchoqlar va b. tayyorlashga sarflanadi. Undan yengil g‘ovak plastmassalar — penoplastlar tayyorlanadi.

Yuqori m olekular birikm alar olish uchun polim erlanish iraksiyalari bilan bir qatorda polikondensatlanish reaksiyalaridan . ham keng foydalaniladi

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan