Uglerod zanjirida ikkita qo'shbog' bp'ladigan uglevodorodlar diyen uglevodorodlar deyiladi. Ularning tarkibini umumiy СпН2я_ 2 formula bilan ifodalash mumkin. Ular asetilen uglevodorodlarga izomerdir.
Diyen uglevodorodlarning nomi to'yingan uglevodorodlar nomidan oxirgi harfini — diyen qo'shimchaga almashtirib hosil qilinadi. Raqamlar bilan qo‘shbog‘larning zanjirda joylashgan o‘rni ko'rsatiladi. Masalan (qavslar ichida trivial nomlari berilgan):
сн2= сн-сн= сн2 сн2= с -CH=CH2 butadiyen (divinil) I ,. C r l 3 2-metilbutadiyen-l,3 (izopren)
Dien uglevodorodlarning umumiy xalqaro nomi —alkadiyenlcir. Alkadiyenlar uchun uglerod zanjirining izomeriyasi va qo‘shbog‘larning holat izomeriyasi bo‘lishi mumkin. Molekulalarida qo‘shbog‘lar oddiy boglanishlar bilan ajratilgan alkadiyenlar ko‘p ishlatiladi, bular — divinil, boshqacha aytganda butadiyen-1,3 (oson suyuqlikka aylanadigan gaz) va izopren, ya’ni 2-metilbutadiyen-l,3 (qaynash temperaturasi past bo£lgan suyuqlik).
Kimyoviy xossalari jih atid an butadiyen bilan izopren to'yinmagan uglevodorodlarga о ‘xshaydi — biriktirib olish reaksiyalari ular uchun xosdir. Odatda modda bu diyenlar molekulalarining uchlariga birikadi. Masalan, brom bilan o £zaro ta’sirlashganda qo‘shbog‘lar uziladi, chekkadagi uglerod atomlariga brom atomlari birikadi, erkin valentliklar esa qo‘shbog‘ hosil qiladi, ya’ni birikish natijasida qo‘shbog‘ siljiydi:
CH2=CH-CH=CH2+Br2 -> CH2Br-CH= CH-CH2Br
Butadiyen va izopren polimerlanadi va sopolimerlanadi, ya’ni boshqa to‘yinmagan birikmalar bilan birgalikda polimerlanadi va kauchuklar hosil qiladi.