Tabiiy va sintetik kauchuklar


Kauchuklar — elastik materiallar bo£lib, ulardan vulkanlash (oltingugurt bilan birga qizdirish) yo‘li bilan rezina olinadi. Kauchuklardan samolyot, avtomobil vavelosipedlarning g£ildiraklari uchun pokrishka va kameralar tayyorlanadi. Ular elektr izolatsiyasi uchun, sanoat mahsulotlari va tibbiyot asboblari ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.

Tabiiy kauchuk kimyoviy tarkibiga ko£ra yuqori molekular to£yinmagan uglevodorod bo£lib, tarkibi (С5Н 8)л, bunda n 1000 dan 3000 gacha bo£ladi. Tabiiy kauchuk — izoprenning polimeri:

« с н 2 = c — c h = c h 2 —> (~ с н 2 - с = с н - с н 2- ) я CH3 CH3 izopren tabiiy kauchuk (poliizopren)

U kauchukli o £simliklarning, asosan geveyaning (Braziliya) shirasidan olinadi.

Braziliya — kauchukning vatani. Sanoat miqyosida sintetik kauchuk dastlab 1932- yilda S.V.Lebedev usuli bilan olingan. U divinilni polimerlab olinadi. Katalizator (natriy metali) ishtirokida boradigan polimerlanish jarayonini ushbu sxema bilan ifodalash mumkin:

лСН2 = CH - CH = CH2 -> (-C H 2 - CH = CH - CH2- ) tt butadiyen-1 ,3 sintetik kauchuk (polibutadiyen)

Lebedev usuli bo£yicha sintetik kauchuk olish uchun xom ashy о sifatida etil spirt ishlatiladi. Endilikda butanni katalitik degidrogenlash yo£li bilan butadiyen olish usuli ishlab chiqilgan.

Lekin butadiyen kauchuk elastikligi va yedirilishga chidamliligi jihatidan tabiiy kauchukdan keyin turadi. Hozirgi vaqtda strukturasi tabiiy kauchuknikiga o£xshash stereoregular tuzilg a n (unda metil gruppalar qat’iy muayyan tartibda joylashgan bo‘ladi) izopren kauchuk ishlab chiqarish yo‘lga qo£yilgan. Stereoregular tuzilishli butadiyen kauchuk ham olingan, u divinil kauchuk deyiladi. Stereoregular tuzilgan izopren va divinil kauchuklar xossalari jihatidan tabiiy kauchukka yaqin turadi, divinil kauchuk esa yedirilishga chidamliligi jihatidan hatto tabiiy kauchukdan ustun turadi.

Tabiiy va sintetik kauchuklarning sifatini yaxshilash uchun ular rezinaga aylantiriladi. Rezina — bu vulkanlangan kauchuk. Vulkanlashning mohiyati shundan iboratki, kauchukning chiziqsimon (ipsimon) molekulalariga qo‘shbog‘lar bor joyda oltingugurt atomlari birikadi va bu molekulalarni go‘yo bir-biriga tikadi. Vulkanlash natijasida yopishqoq va bo‘sh kauchuk elastik rezinaga aylanadi. Rezina kauchukdan puxta va temperatura o‘zgarishlariga chidamliroq bo‘ladi.

 

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan