Neft — to‘q qo‘ng‘ir yoki deyarli qora rangli, o‘ziga xos hidli, moysimon suyuqlik. U suvdan yengil (zichligi 0,73 — 0,97 g/sm3), suvda amalda erimaydi.
Tarkibi jihatdan neft — molekular massasi turlicha bo‘lgan, asosan suyuq uglevodorodlarning murakkab aralashmasi (ularda qattiq va gazsimon uglevodorodlar erigan) bo‘ladi. Odatda, bu uglevodorodlar parafin uglevodorodlari, sikloalkanlar, aromatik uglevodorodlardan iborat, turli konlardagi neftlar tarkibida ularning nisbati turlicha bo‘ladi. Boku va Emba neftlarida sikloalkanlar (besh va olti a’zoli halqali) ko‘p, Grozniy va G ‘arbiy Ukraina neftlarida parafmlar, Ural neftida — aromatik uglevodorodlar ko‘p bo'ladi. Neft tarkibida uglevodorodlardan tashqari kislorodli, oltingugurtli va azotli organik birikmalar bo‘ladi. Neftning o‘zi shuncfay holicha odatda ishlatilmaydi.
Neftdan texnikada qimmatli bo‘lgan mahsulotlar olish uchun u qayta ishlanadi.
N e ftni birlam chi qayta ishlash uni haydashdan iborat. Neft neftni qayta ishlash zavodlarida yo‘ldosh gazlardan ajratilgandan keyin haydaladi. Neft haydalganda tiniq mahsulotlar: benzin (qayn. t. 40 dan 150 — 200 °C gacha), ligroin (qayn. t. 120 — 240 °C), kerosin (qayn. t. 150 — 300 °C), gazoyl — solyar moyi (qayn. t. 300 °C dan yuqori), qoldiqda esa — qovushoq qora suyuqlik — mazut olinadi. Mazut yana qayta ishlanadi. U pasaytirilgan bosimda (parchalanib ketmasligi uchun) haydaladi va surkov moylari: urchuq moyi, mashina moyi, silindr moyi va b. ajratib olinadi. Ba’zi navli neftlar mazutidan vazelin va parafin ajratib olinadi. Mazutning haydashdan keyin qolgan qoldig‘i neft qoramoyi yoki gudron deb ataladi.
Neftni qayta ishlash m ahsulotlaridan turli maqsadlarda foydalaniladi. Benzin ko‘p miqdorlarda aviatsiya va avtomobil yoqilg‘isi sifatida ishlatiladi. U odatda molekulalarida o'rtacha 5 dan 9 tagacha uglerod atomi bor uglevodorodlardan tarkib topgan bo‘ladi.
Ligroin dizel dvigatellari uchun yoqilg‘i, shuningdek, lok-bo‘yoq sanoatida erituvchi sifatida ishlatiladi.
Uning ko‘p miqdori qayta ishlanib, benzinga aylantiriladi. Kerosin reaktiv dvigatellar va traktor dvigatellari uchun, shuningdek uy-ro‘zg‘orda yonilg‘i sifatida ishlatiladi. U molekulasida o‘rtacha 9 dan 16 tagacha uglerod atomlari bor uglevodorodlardan tarkib topadi. Solyar moyidan motor yoqilg‘isi sifatida, surkov moylaridan — mexanizmlarni moylash uchun foydalaniladi.
Vazelindan tibbiyotda foydalaniladi. U suyuq va qattiq uglevodorodlar aralashmasidan iborat. Parafin yuqori karbon kislotalar olish uchun ishlatilad, gugurt va qalamlar ishlab chiqarishda, yog‘ochga shimdirish, sha’m, gutalin tayyorlash va h.k. uchun ishlatiladi. U qattiq uglevodorodlar aralashmasidan iborat. G u d г о n — uchuvchan b o ‘lmagan qoram tir massa, qisman oksidlangandan keyin asfalt olish uchun ishlatiladi. Mazut qayta ishlanib surkov moylari va benzin olinishidan tashqari, undan qozonlarga yoqiladigan suyuq yoqilg‘i sifatida ham foydalaniladi.
Neftni ikkilamchi qayta ishlash usullaridauning tarkibiga kiradigan uglevodorodlarning strukturasi o‘zgaradi. Bu usullar orasida neft uglevodorodlarini krekinglash (parchalash) katta ahamiyatga ega bo‘lib, u olinadigan benzin miqdorini oshirish uchun qo‘llaniladi.
Termik krekingda boshlang'ich xomashyo (mazutvab.) 450 — 550°C temperatura va 2 — 7 MPa bosimda qizdiriladi. Bunda uglerod atom larining soni ko'p bo'lgan uglevodorodlarning molekulalari uglerod atomlarining soni kam bo'lgan to'yingan va to'yinmagan uglevodorodlarning molekulalariga ajraladi. Masalan:
c i6h 34->c8h I8+ c 8h 16 С8Н16->С4Нш+ С4Н8 va h.k.
Avtomobil benzini asosan shu usul bilan olinadi. Uning neftdan olinadigan miqdori 70% ga yetadi. Termik krekingni 1891- yilda rus injeneri V.G.Shuxov kashf etgan.
Katalitik kreking katalizatorlar (odatda alumosilikatlar) ishtirokida 450 °C va atmosfera bosimida o'tkaziladi. Bu usul bilan aviatsiya benzini olinadi va uning unumi 80% ga yetadi. Neftning asosan kerosin va gazoyl fraksiyalari ana shu usulda krekinglanadi. Katalitik krekinglashda ajralish reaksiyalari bilan bir qatorda izomerlanish reaksiyalari ham sodir bo'ladi. Bu reaksiyalar natijasida molekulalarning uglerod skeleti tarmoqlangan, to'yingan uglevodorodlar hosil bo'ladi, bu esa benzinning sifatini yaxshilaydi.
Uglevodorodlarni aromatizatsiyalash, ya’ni parafmlar va sikloparafmlarni aromatik uglevodorodlarga aylantirish muhim katalitik jarayon hisoblanadi. Neft mahsulotlarining og'ir fraksiyalari katalizator ishtirokida (platina yoki molibden) qizdirilganda molekulasida 6 — 8 ta uglerod atomlari bo'ladigan uglevodorodlar aromatik uglevodorodlarga aylanadi. Bu jarayonlar riformingda (benzinlarni boyitishda) sodir bo'ladi.
Krekinglash jarayonlarida juda ko'p gazlar (krekinglash gazlari) hosil b o 'ladi, ular tarkibida asosan to'yingan va to'yinmagan uglevodorodlar bo'ladi. Bu gazlardan kimyo sanoati uchun xomashyo sifatida foydalaniladi.
Keyingi yillarda yoqilg'i va moylar ishlab chiqarish ko'payishi bilan bir qatorda neft uglevodorodlaridan kimyoviy xomashyo manbayi sifatida ham ko'p foydalanilmoqda. Ulardan turli usullar bilan plastmassalar, sintetik tola, sintetik kauchuk, spirtlar, kislotalar, sintetik yuvish vositalari, portlovchi moddalar, zahar moddalar, sintetik yog'lar va b. ishlab chiqarish uchun zaruriy moddalar olinmoqda.