To‘yingan spirtlar


Uglerod, vodorod va kislorod atomlaridan tarkib topgan kislorodli organik birikmalarga spirtlar, fenollar, aldegidlar, ketonlar, karbon kislotalar, oddiy va murakkab efirlar, uglevodlar va b. kiradi. Ularning kimyoviy xossalari molekulalarida turli xil funksional gruppalar borligi bilan aniqlanadi.

Spirtlar — molekulalarida uglevodorod radikali bilan bogianj>an bitta yoki bir nechta gidroksil gruppalar boiadigan organik hirikmalardir.

Ularni uglevodorodlarning molekulalaridagi bitta yoki bir necha vodorod atomlari o'rnini gidroksil gruppalar olgan hosilalari sifatida qarash mumkin.

Spirtlarning nomenklaturasi va izomeriyasi. Spirtlarning nomi radikallar nomiga, shuningdek uglevodorodlar nomiga -ol qo'­ shimcha qo'shish (xalqaro nomi) bilan hosil qilinadi: C H 3OH — metil spirt yoki m etanol, C2H 5OH — etil spirt yoki etanol, C3H7OH — propil spirt yoki propanol va h.k. Bu spirtlar gomologik qatorni hosil qiladi, chunki ular molekulalarining tarkibi jihatidan bir-biridan gomologik farq bilan farqlanadi. Gomologik qatorning umumiy formulasi CnH 2n+1OH yoki R — OH, bunda R — uglevodorod radikali.

Gomologik qatorning uchinchi a ’zosidan — propanoldan boshlab spirtlarda izomerlar paydo bo‘ladi:

CH3 - CH2 - CHOH C H3 - C H - CH3 propil spirt OH yoki propanol-1 izopropil spirt yoki propanol-2

Spirtlarning xossalari. Quyi spirtlar — suyuqliklar, uglerod atomlarining soni 1 2 tadan ko'p bo'lgan yuqori spirtlar — qattiq moddalar. Spirtlarning hammasi suvdan yengil. Ularning molekular massasi ortishi bilan suvda eruvchanligi kamayadi. Metil va etil spirtlar suv bilan istalgan nisbatda aralashadi. Spirtlarning molekulalari orasida vodorod bog'lanishlar vujudga kelganligi sababli ular assotsilangan bo'ladi:

R R R O— H... O— H...O— H... y°k i

Spirtlar gomologik qatorining dastlabki a’zolari — suyuqliklar ekanligi va ularning qaynash temperaturasi nisbatan yuqoriligi molekulalarining assotsilanganligi bilan tushuntiriladi. Spirtlarning suvda yaxshi erishiga sabab, ularning molekulalari bilan suv molekulalari orasida vodorod bog'lanishlar hosil bo'lishidir. Gomologik qatorning keyingi a’zolarida eruvchanligining kamayishi uglevodorod radikalida uglerod atomlarining soni ko'payishi tufaylidir. Vodorod bog'lanishlar puxta emas (17 — 22 kJ/mol) va spirtlar bug'langanda oson uziladi.

Spirtlarning kimyoviy xossalariga ularning molekulalarida С—О va О—H qutbU kovalent bog'lanishlar borligi sabab bo'ladi. Spirtlar kimyoviy reaksiyalarga kirishganda shu bog'lanishlardan biri uziladi. Ikkala bog'lanish ham qutbli bo'lgani uchun ular ionli (geterolitik) mexanizm bo'yicha uzilib, organik anionlar yoki kationlar hosil qiladi:

                                                      R - 0 - H ^ R - 0 ~ - H + yoki R—О—H R++OH" 

Spirtlar ionlarga juda oz darajada dissotsilanadi, shu sababli spirtlar neytral reaksiya beradi—ularning ishtirokida lakmus yoki fenolftaleinning rangi o'zgarmaydi.

Masalan, etil spirtning elektron formulasidan

                                                        H H H : С : С : О : H Н Й

shunday xulosa chiqarish mumkin: kislorod atomini vodorod atomi bilan bog‘laydigan elektronlar jufti elektrmanfiyroq atom bo'lgan kislorod atomi tomoniga siljigan. Vodorodning bu atomi spirt molekulasidagi boshqa vodorod atomlaridan farq qiladi, uning kislorod atomi bilan bog‘lanishi uglerod hamda vodorod atomlari orasidagi bog'lanishga qaraganda bo‘shroqdir. Shu sababli gidroksil gruppa vodorodining o ‘rnini osongina metall olishi mumkin.

Haqiqatan ham, spirtlar natriy yoki kaliy metali bilan shiddatli reaksiyaga kirishadi hamda vodorod ajratib chiqaradi va alkogolyatlar hosil qiladi:

                                                2C2H5OH+2Na^ 2C2H5ONa+H, natriy etilat

Alkogolyatlar — beqaror moddalar bo‘lib, suv ta’sirida spirt bilan ishqorga ajraladi:

                                                        C2H50Na+H20 ^ C2H5OH+NaOH

Bir atomli spirtlar ishqorlar bilan qaytar reaksiyaga kirishadi:

                                                          C2H5OH+NaOH C2H50Na+H20 

Bunda muvozanat spirt bilan ishqor tomoniga juda siljigan bo‘ladi. Lekin m a’lum sharoitlarda (masalan, suv yo‘qotib turilganda) uni alkogolyat tomonga siljitish mumkin. Sanoatda natriy etilatning olinishi ana shunga asoslangan.

Spirtlar K M n 0 4, K2Cr20 7 kabi oksidlovchilar ta ’sirida, katalizatorlar (platina, mis) ishtirokida havo kislorodi ta’sirida ancha oson oksidlanadi. Bunda gidroksil gruppaning ta’siri bilinadi; chunonchi, kislorod OH gruppa bilan bog'langan uglerod atomiga birikadi: H H3C - c-он + [o H /О CH, - C x + Нэ0 XH

Oddiy efirlar — molekulasi kislorod atomi bilan birikkan uglevodorod radikallaridan tarkib topgan organik moddalardir: R '— O—R" , bunda R' va R" — bir xil yoki turli xil radikallar.

Dietil efir — ko'pchilik organik moddalarni yaxshi erituvchi, gazlamalarni tozalashda, tibbiyotda — xirurgik operatsiyalarda ishlatiladi, chunki og‘riqsizlantirish ta’siri bor.

Bir atomli spirtlarning alohida vakillaridan metanol bilan etanolni, ikki atomlilardan — etilenglikolni, uch atom lilardan— glitserinni ko‘rib chiqamiz.

 

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan