Metanol va etanol


Metil spirt. Metil spirt (boshqacha nomlari: metanol, karbinol, yog‘och spirti) — eng oddiy bir atomli spirt, rangsiz suyuqlik. Kuchli zahar (ozroq ichilganda ko‘zni ko‘r qiladi, ko‘pi — o‘ldiradi). Hozirgi olinish usuli — uglerod (II) oksid bilan vodoroddan katalitik sintez qilish (temperatura 250 °C, bosim 7 MPa, katalizator — rux va mis (II) oksidlar aralashmasi)yo‘li bilan sodir bo‘ladi:

CO + 2H2— Zn0’Cu° — , CH3OH 250 °C, 7 МПА

Etil spirt. Etil spirt, boshqacha aytganda etanol — rangsiz suyuqlik. 78,3 °C da qaynaydi, — 114 °C da muzlaydi. Salgina sho‘lalanadigan alanga berib yonadi.

Etil spirt shakarli moddalarni achitqilar ishtirokida bijg‘itish yo‘li bilan olinadi. Bijg‘itishning mohiyati shundan iboratki, kraxmaldan olinadigan glukoza, ya’ni uzum shakari C6H 120 6 fermentlar ta’sirida spirt bilan uglerod (IV) oksidga ajraladi. "Bu murakkab ko‘p bosqichli jarayonning umumiy natijasi ushbu tenglama bilan ifodalanadi:

                                           C6H|20 6->2C2H50H+2C02

Spirt ishlab chiqarishda kraxmalga boy tabiiy mahsulotlar: kartoshka, bug‘doy va b. boshlang‘ich material sifatida ishlatiladi. Hozirgi vaqtda etil spirt ovqat bo'lmaydigan mahsulotlardan ham olinmoqda. Uni yog'och chiqindilaridan olish keng rivojlangan: bunda yog‘och glukozaga , glukoza — spirtga aylanadi. / Etil spirt olishning eng yangi usuli neftni krekinglashda ko‘plab miqdorlarda olinadigan etilenni gidratlash reaksiyasiga asoslangan:

                                                                       сн=сн2+н2смсн3-сн2он

Reaksiya 260 — 300 °C temperatura, 7,5 — 10 MPa bosimda va kislotali katalizatorlar (kadmiy, mis, kobalt tuzlari qo‘shilgan alumosilikat bilan fosfat kislotaning aralashmasi) ishtirokida boradi. Kelajakda spirtni ovqat boimaydigan mahsulotdan — yog‘ochdan va neftni qayta ishlash gazlaridan olishga batamom o‘tiladi.

Etil spirt — xalq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun juda zarur mahsulot. 1 1 sintetik kauchuk olish va plastmassalar ishlab chiqarishda ko‘plab miqdorlarda sarflanadi. Etanoldan atir, dori-darmon, bo‘yoqlar uyyorlashda erituvchi sifatida, shuningdek, anatomik preparatlarni konservalashda foydalaniladi. U ko£pchilik organik moddalarni: dietil dir, bo‘yoqlar, sirka kislota, tutunsiz o‘q-dori vab. olishda ishlatiladi. I nl spirt bilan benzinning aralashmasidan ichki yonuv dvigatellari uchun yonilg‘i sifatida foydalanish mum kin. U ko'pincha «Imaturlanadi, ya’ni spirtga ichishga yaroqsiz qilish uchun boshqa moddalar va bo‘yoqlar qo‘shiladi.

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan