Etilenglikol. Etilenglikol — to'yingan ikki atomli spirtlar — glikollarning vakilidir. Glikollar qatorining umumiy formulasi C H (b'H)r Uning ko'pchilik vakillari shirin ta’mli bo‘lgani uchun ham glikollar degan nom berilgan (grekcha ,,glikos“ — shirin).
Etilenglikol (o‘rinbosar nomenklaturaga ko‘ra — etandiol - I j) — shirin ta’mli, sharbatsimon suyuqlik, hidsiz, zaharli. Suv va spirt bilan yaxshi aralashadi, gigroskopik. Uning struktura formulasi.
H H H — С — С — H yoki CH2OH—CH 2OH OH OH
Etilenglikolning kim yoviy xossalari asosan bir atom li spirtlarning xossalariga muvofiq keladi. Bunda reaksiyalar bitta gidroksil gruppada ham, ikkala gidroksil gruppada ham borishi mumkin. Masalan, etilenglikol ishqoriy metallar bilan chala va lo‘liq glikolatlar hosil qiladi:
CH2OH CH2ONa 2 I +2Na-> 2 I + H2 CH2OH CH2OH CH2ONa CH2ONa 2 I + 2Na—>2 I +H2 CH2OH CH2ONa
Bir atomli spirtlardan farq qilib, etilenglikol mis (II) gidroksid bilan oson reaksiyaga kirishadi va ochiq ko‘k rangli mis glikolat hosil qiladi:
сцон с н г - о ^ ^ о - с н 2 Г ' ^ п . | ^ С и Г I + 2Н20 21 + Си(0Н)2 — ► С Н з -О * х о — СН2 сн2он mis glikolat
Mis glikolat — murakkab (kompleks) birikma (donorakseptorli mexanizm bo‘yicha kimyoviy bog‘lanishlar hosil bo‘lishi strelka bilan ko‘rsatilgan).
Etilenglikolning suvdagi va spirtdagi eritmalari past temperaturada muzlamaydigan eritmalar sifatida aviatsiya va avtomobil motorlarining radiatorlarida qishda suv o'rniga ishlatiladi va antifrizlar deyiladi. Etilenglikol ко‘pchilik hollarda glitserin o'rnida ham ishlatilishi mumkin. Keyingi vaqtlarda lavsan — qimmatli sintetik tola olish uchun ham ishlatilmoqda.
Glitserin. Glitserin — uch atomli to ‘yingan spirtlarning — glitserinlarning eng oddiy vakili. U rangsiz, qovushqoq, shirin, gigroskopik suyuqlik. Suv bilan istalgan nisbatda 3 ralashadi. Ko‘pchilik moddalarni yaxshi eritadi.
Kimyoviy xossalari jihatidan glitserin (o‘rinbosar nomenklaturaga ko‘ra propantriol-1,2,3) etilenglikolga juda yaqin. Masalan, glitserin mis (II)- gidroksid bilan ochiq ko‘k rangli mis glitserat hosil qiladi:
H2OH 2CHOH+Cu(OH)2—> CH,OH H CH, -0 \ Cu ^ \ -C H 2 CH — О ч о _ CH+2H20 H C H -O H HO - CH, mis glitserat
llu ko‘p atomli spirtlarga — etilenglikol, glitserin va ularning Homologlariga sifat reaksiyadir.
Nitroglitserin* — og‘ir, moysimon suyuqlik, portlovchi modda (salgina qalqitish va qizdirish bilan portlaydi). Lekin uning spirtdagi eritmalari portlamaydi.
Karbon kislotalar bilan glitserin murakkab efirlar — yog‘lar va moylar hosil qiladi
Glitserin yog‘lardan, shuningdek sintetik yo‘l bilan — neftni krckinglash gazlaridan (propilendan), ya’ni ovqat bo'lmaydigan xomashyodan olinadi. Uning sanoatda sintetik yo‘l bilan ishlab chiqarilishini ushbu sxema bilan ko‘rsatish mumkin:
CH2 = CH - CH3 + ° 7 -* CH, = CH - + H i - H ,0 akrolein propilen CH, = CH -C H .O H allil spirt +H2°2—»CH OH - CHOH - CHOH 2 2 glitserin
Glitserin nitroglitserin (portlovchi modda) ishlab chiqarish, antifrizlar tayyorlashda, kosmetika (terini yumshatuvchi vosita), ko‘n sanoatida ishlatiladi. Nitroglitserinning spirtdagi bir protsentli eritmasidan yurak kasalliklarida dori-darmon sifatida foydalaniladi (qon tomirlarini kengaytiradi).