Fenollar


Fenollar — molekulasida gidroksil gruppalar benzol yadrosi bilan bog‘langan organik birikmalardir.

Ular aromatik uglevodorodlarning hosilalari hisoblanadi, masalan: 

Molekulasida bitta gidroksil gruppa boiadigan fenollar bir atomli, ikkitalisi — ikki atomli, uchtalisi — uch atomli deyiladi. Fenollarning nomenklaturasini tuzishda benzol halqasidagi uglerod atomlarini 1 dan 6 gacha boigan raqamlar bilan belgilash qabul qilingan, bunda raqam qo‘yish gidroksil gruppa bilan bogiangan uglerod atomidan boshlanadi,

Eng oddiy fenol C6H 5OH fenol yoki karbol kislota deyiladi. Fenol — o‘ziga xos o‘tkir hidli, rangsiz kristall modda. Saqlab qo‘yilganda u havo kislorodi ta’sirida asta-sekin oksidlanib, pushti rangga kiradi. Fenol 42,3 °C da suyuqlanadi. 182 °C da qaynaydi; suvda qisman (100 g suvda 6 g) eriydi; kuchli antiseptik xossasi, ya’ni ko'pchilik mikroorganizmlarni oidirish xususiyati bor, ancha zaharli. Teriga tekkanida kuydirib, qavariq va yaralar hosil qiladi.

Kimyoviy xossalari jihatidan fenollar spirtlardan farq qiladi. Bunday farq fenol molekulasida gidroksil gruppa bilan fenil (C6H5 —) deyiladigan benzol yadrosining bir-biriga ta’sir etishi tufayli yuzaga keladi. Bu ta’siming mohiyati shundan iboratki, benzol yadrosining n- elektronlari gidroksil gruppadagi kislorod atomining boiinmagan elektronlar juftini qisman o ‘z doirasiga tortadi. Bu o‘z navbatida O—F[ bogianishning elektron zichligini vodoroddan kislorodga tomon yana siljitadi, vodorod kislota xossali, harakatchan va reaksiyaga kirishuvchan boiib qoladi

Shunday qilib, fenil ta’sirida gidroksil gruppadagi vodorod atomining kislorod bilan bogianishi susayadi, bu esa vodorod ionlarining qisman ajralib chiqishiga olib keladi. Fenol kuchsiz kislota (karbonat kislotadan kuchsizroq) xossalarini namoyon qiladi. Shuning uchun u faqat natriy va kaliy metallari bilangina emas, balki o‘yuvchi ishqorlar bilan ham oson reaksiyaga kirishadi* va suvdagi eritmalarda barqaror boigan fenolat hosil qiladi:

2C6H5OH + 2Na->2C6H 5ONa + H2 natriy fenolat C6H5O H +N aO H —>C6H50 N a + H 20

Fenolning kislotali xossalari juda kuchsiz ifodalangani sababli fenolatlar (fenolning tuzlari) mineral kislotalar, shu jumladan karbonat kislota ta’sirida oson parchalanadi:

                                                 C6H50 N a + C 0 2 +H20 -* C 6H50 H + N aH C 0 3

Molekulada atomlar bir-biriga ta’sir etadi. Gidroksil gruppa o‘z navbatida benzol halqasiga ta’sir etadi, natijada benzolning vodorod atomlari yanada harakatchanroq boiib qoladi va o‘z o'rnini boshqa atom va radikallarga oson beradi. M asalan, fenol qizdirilmaganda va katalizatorsiz ham brom va nitrat kislota bilan shiddatli reaksiyaga kirishadi va uchta vodorodi almashingan hosilalar (2, 4 va 6 - holatlarda) hosil qiladi:

OH OH + 3Br, + 3HBr 2, 4, 6 -tribromfenol

Shunday qilib, benzol bilan propilendan ikkita qimmatli mahsulot — fenol bilan aseton olinadi. Kumol kauchuklar olish uchun foydalaniladigan a - metilstirol olishda boshlang'ich modda sifatida ham ishlatiladi.

Fenol kuchli antiseptik sifatida dezinfeksiyalovchi modda tariqasida ishlatiladi. U ayniqsa plastik massalar — fenoplastlar olish uchun ko‘p sarflanadi. Fenol dori-darm onlar, fotografiya ochiltirgichlari va bo‘yoqlar ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.

 

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan