Molekulasida funksional gruppa - b o‘lgan organik birikmalar aldegidlar deyiladi.
Ularni spirtlarning oksidlanish mahsulotlari sifatida qarash mumkin. Masalan, metil spirtni mis (II) oksid bilan oksidlash orqali eng oddiy aldegid olinadi:
Cu О + H H I - o - c - H I CH -> Cu + H 20 + H о -H H
Bu reaksiyada mis (II) oksid molekulasi spirt molekulasidan ikki atom vodorodni tortib oladi.
Aldegidlar oksidlanganida qaysi kislotaga aylansa, ularning nomi shu kislotaning nomidan hosil qilinadi. Ularni uglerod zanjiridagi atomlar soni to‘g‘ri keladigan uglevodorod nomiga al- qo‘shimchasini qo‘shib ham hosil qilish mumkin.
Atomlar gruppasi С = О karbonil gruppa yoki karbonil deyiladi. Aldegidlarning kimyoviy xossalari ularning elektron tuzilishi bilan tushuntiriladi, bunday tuzilishni ushbu formulalar bilan ifodalash mumkin:
s h R : С :: O: v a R - C ^ .... {-[
Aldegid molekulasida uglerod bilan kislorod atomlari orasidagi bog'lanishni elektronlarning ikkita jufti amalga oshiradi. Bog£lanishning elektron buluti elektr-manfiyroq atom bo'lgan kislorod atomiga tomon siljigan, natijada u qisman manfiy zaryadli ( 8 —) bo‘lib qolgan. Shu bilan birga karbonil uglerodidan elektronlar uzoqlashgani sababli u qisman musbat zaryadli (5 +) bo‘lib qoladi. Odatda, bu shunday sxemalar bilan tasvirlanadi:
\ 5+ 5~ \ r> ^ С = О yoki J^C = О
Shunday qilib, > C = 0 gruppa kuchli qutblangan, bu esa molekulasida karbonil gruppa bor organik birikmalarning reaksiyaga kirishish xususiyati kuchliligiga sabab bo‘ladi: bir tomondan, kislorod atomi karbonil gruppa bilan bog'langan vodorod atomiga ta’sir ko‘rsatadi, natijada u oson oksidlanadi; ikkinchi tomondan, karbonil gruppa > C = 0 ga biriktirib olish va polimerlanish reaksiyalari xosdir.
Aldegidlarning xossalari ularning dastlabki ikkita gomologi: formaldegid va asetaldegid misolida ko‘rib chiqiladi.