Molekulasining tuzilishi va xossalari. Formaldegid - o‘tkir bo‘g‘uvchi hidli rangsiz gaz, zaharli. U suvda yaxshi eriydi. Formaldegidning suvdagi 40% li eritmasi formalin deyiladi.
Kimyoviy xossalari jihatidan formaldegid - ancha reaksiyaga kirishuvchan modda. Unga oksidlanish va biriktirib olish (shu jumladan polikondensatlanish ham) reaksiyalari xos.
Oksidlanish reaksiyalari juda oson boradi — aldegidlar ko‘pchilik birikmalardan kislorodni tortib oladi. Masalan, formaldegid kumush oksid Ag20 ning ammiakdagi eritmasi (kumush oksid suvda erimaydi) bilan qizdirilganda formaldegid oksidlanib, chumoli kislota HCOOH ga aylanadi va kumush qaytariladi:
n s ' 0 H — с ^ + A g,0----- * H — С ' + 2Ag I
Kumush idish devorlarida yupqa gard holida ajralib chiqib, ko'zgu hosil qiladi - bu jarayon kumush k o ‘zgu reaksiyasi deyiladi. „Kumush ko‘zgu“ hosil bolishi aldegid gruppaga sifat reaksiyasi hisoblanadi,
Aldegidlar mis (II) gidroksidni mis (I) gidroksidgacha qaytaradi, so‘ngra u to‘q sariq rangli mis (I) oksidga aylanadi. Reaksiya qizdirilganda boradi:
H _ + 2Cu(OH) 2 ------> H - C ^ + 2CuOH + H20 \ H 0H 2CuOH----- > Cu20 + H20
Biriktirib olish г e a к s i у a 1 a r i aldegidning karbonil gruppasidagi qo‘shbog‘ning uzilishi hisobiga boradi. Formaldegid bilan vodorod aralashmasi qizdirilgan katalizator - nikel kukuni ustidan o‘tkazilganda aldegid qaytarilib, spirtga aylanadi:
H - c ^ ° + H; Ni- qiz
Formaldegid ammiak, natriy gidrosulfit va boshqa birikmalarni ham biriktirib oladi. Bunda karbonil gruppaning kislorodiga doimo vodorod atomi birikadi, molekulaning qolgan qismi esa uglerod atomiga birikadi.
Gidrosulfitlarning biriktirib olinishini ushbu tenglama bilan ifodalash mumkin:
Г " " Н 1 R - c Z + HSChNa H www.Orbita.Uz kul OH R - С I H
Bu reaksiya aldegidlarni boshqa moddalar bilan aralashmasidan ajratib olish va ularni toza holda olish uchun qoilaniladi. Aldegidlarga sianid kislotaning birikishini ushbu tenglama bilan tasvirlash mumkin:
^ " " ” 1 H ! I R - + HCN — -> R - С - CN H I OH
Poliformaldegiddan tayyorlangan buyumlar metalldan yasalgan detallar o‘rniga ishlatiladi.
Olinishi. Sanoatda formaldegid metanoldan olinadi, buning ochun spirt bugiari havo bilan birgalikda 300 °C gacha qizdirilgan mis katalizator ustidan o‘tkaziladi:
2CH3OH + 0 2 Cu’ 300 °C ) 2HCHO + 2H20
Sanoatda formaldegid olishning yana bir muhim usuli metanni katalizator sifatidagi ozroq azot oksidlari ishtirokida 400 — 600 ° С da havo bilan oksidlashdir:
CH4 + q 2 40Q~ 6QQ°C) CH20 + 2H20
Ishlatilishi. Formaldegid ko‘p miqdorlarda fenolformaldegid smolalar ishlab chiqarishda ishlatiladi. U bo'yoqlar, sintetik kauchuk, dori-darmonlar, portlovchi moddalar va b. ishlab chiqarishda boshlangich modda boiib xizmat qiladi.
Formalin oqsilga ta’sir etganda uni zich, suvda eritmaydigan qilib qo‘yadi va, asosiysi, chirishdan saqlaydi. Shu sababli u teriga ishlov berishda, shuningdek anatomik preparatlarni konservalashda ishlatiladi. Formalin qishloq xo‘jaligida zararkunandalarning lichinkalarini yo‘qotish maqsadida urugiarni dorilashda ishlatiladi. U binolarni, jarrohlik asboblarini dezinfeksiyalashda ham ishlatiladi.