Polikondensatlanish reaksiyalari


Polikondensatlanish — bu quyi molekular moddalardan yuqori molekular birikmalar hosil bo‘lish jarayoni bo‘lib, unda qo‘shimcha modda (suv, ammiak, vodorod xlorid va b.) ajralib chiqadi.

M a’lumki, polikondensatlanishdan farq qilib, polimerlanishda qo‘shimcha moddalar ajralib chiqmaydi. Polikondensatlanish mahsulotlari ham (qo‘shimcha moddalardan tashqari) polimerlanish mahsulotlari kabi polimerlar deyiladi.

Polikondensatlanish reaksiyalarida zanjir asta-sekin o‘sib boradi: dastlab boshlang'ich monomerlar bir-biri bilan reaksiyaga kirishadi, so‘ngra hosil bo‘lgan birikma o‘sha monomerlarning molekulalari bilan navbatma-navbat reaksiyasiga kirishadi va natijada polimer birikma hosil bo‘ladi. Polikondensatlanish reaksiyasiga plastmassalar tayyorlash uchun ishlatiladigan fenolformaldegid smolalarning hosil bo‘lishi misol bo‘la oladi. Reaksiya katalizatorlar ishtirokida (kislota yoki ishqor) qizdirish bilan boradi.

Fenol molekulasida vodorod atomlari harakatchan (ayniqsa, 2,4 va 6 -holatlardagi), aldegidning karbonil gruppasi > C = 0 esa biriktirib olish reaksiyalariga kirishuvchan bo‘lgani uchun dastlab fenol bilan formaldegid o‘zaro ta’sirlashadi:

Hosil bo‘lgan birikma keyin fenol bilan reaksiyaga kirishadi va suv molekulasini ajratib chiqaradi:

Fenolning formaldegid bilan katalizatorlar ishtirokida polikondensatlanishi natijasida fenolformaldegid smolalar hosil bo‘ladi, ulardan plastmassalar — fenoplastlar (bakelitlar) olinadi. Fenoplastlar — sanoatning ko‘pchilik tarmoqlarida rangU va qora metallar o'rnida ishlatiladigan juda muhim materiallardir. Ulardan ko‘p miqdorda keng iste’mol buyumlari, elektr izolatsiya materiallari va qurilish detallari tayyorlanadi.

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan