Molekulalarida ikkita uglevodorod radikali bilan bog‘langan karbonil gruppa > C = О bo‘lgan organik birikmalar ketonlar deyiladi.
Ularni uglevodorodlarning ikkilamchi uglerod atomidagi ikkita vodorod atomi o'rnini kislorod atomi olgan hosilalari sifatida qarash mumkin.
Ketonlarning umumiy formulasi R—C—R', R va R' radikallar turli xil va bir xil bo‘lishi mumkin.
Ketonlarning nomi ularning molekulasiga kirgan radikallarning nomiga keton so'zini qo'shib, yoki tegishli uglevodorodlar nomiga -on suffiksini qo‘shib hosil qilinadi. Masalan:
CH3—CO—CH3— dimetilketon, yoki propanol, yoki aseton.
CH3—CO—CH2—CH2—CH3 — metilpropilketon yoki pentanon-2. Ketonlarning xossalari ularning birinchi gomologi — aseton misolida ko‘rib chiqiladi.
Aseton. Aseton (demetilketon, propanol) — o‘ziga xos hidli, rangsiz, yonuvchan suyuqlik. Qayn. t. 56,2 °C. Suvda, spirtda va efirda yaxshi eriydi. Eng ko'p foydalaniladigan organik etiruvchi yogiar, smolalar va ko‘pchilik boshqa organik moddalarni yaxshi eritadi.
B archa k eto n lar kabi aseton ham «kum ush ko'zgu» reaksiyasini bermaydi, polimerlanmaydi. Shu bilan u aldegidlardan farq qiladi
Formaldegid vodorodni biriktirgan sharoitda aseton ham vodorodni biriktirib oladi:
О OH CH, * C - CH, + H2 CH, - C - CH, qizdirish H
Bu holda ham vodorod karbonil gruppaning qo'shbog'i uzilishi tufayli birikadi. Aseton natriy gidrosulfitni va sianid kislotani ham biriktirib oladi.
Aseton erituvchi sifatida sanoatning ko'pchilik tarmoqlarida (sun’iy ipak, tutunsiz o ‘q-dori, kinoplyonka, loklar, doridarmonlar va b. ishlab chiqarishda) ishlatiladi. U ko'pchilik organik birikmalarni sintez qilishda boshlang'ich modda sifatida ishlatildi. Aseton ko'p miqdorlarda turli usullar bilan: yog'ochni quruq haydashda, kalsiy asetatni parchalash yo'li bilan, «kumol» usuli bilan, izopropil spirtni oksidlash, asetilenni suv bug'i bilan gidratlash orqali olinadi.
Asetilenni gidratlashda reaksiya 400 — 460 °C da tarkibida temir va marganes oksidlari bo'lgan katalizator ustida sodir boiadi:
2CH = CH +3H20 -» CH3 -C O -C H 3 + 2H2 + C 0 2
Yuqorida aytib o'tilgan usullardan oxirgi ikkitasi eng tejamli va afzal usullar hisoblanadi.