Chumoli kislota HCOOH — o‘tkir hidli, rangsiz suyuqlik, 101 °C da qaynaydi. Suvda istalgan miqdorda eriydi. Terini kuydiradi. U chumoli bezlaridan ajralib chuqadigan suyuqlik tarkibida, shuningdek ba’zi o‘simliklarda (masalan, qichitqi o‘t barglarida) bo‘ladi.
Kimyoviy xossalari. Kimyoviy xossalari jihatidan chumoli kislota barcha karbon kislotalar orasida eng reaksiyaga kirishuvchisi hisoblanadi. Bunga sabab shuki, uning karboksil gruppasi uglevodorod radikali bilan emas, balki vodorod bilan bog‘langan. Molekulasida aldegid gruppa borligi tufayli chumoli kislotada aldegidlarning xossalari mavjud:
1 о 1 I I Н-|с/ I va HO~lc<\ I . X OH . . I H , karboksil gruppa aldegid gruppa
ya’ni qaytarish xossalarini namoyon qiladi („kumush ko‘zgu“ reaksiyasini beradi):
НСООН + Ag20 -> A gi + С02 + H20
U qizdirilganda uglerod (II) oksid bilan suvga ajraladi:
HCOOH —> CO + H203
Olinishi. Ilgari chumolilarni suvga bo‘ktirib, so‘ngra eritmani haydash yo'li bilan chumoli kislota olinar edi. Hozirgi vaqtda u uglerod (II) oksid bilan natriy gidroksiddan olinadi:
CO + NaOH —> H - С - ONa
Hosil bo‘lgan tuzdan chumoli kislota siqib chiqariladi, so'ngra haydab olinadi:
HCOONa + H2S04 -> HCOOH + NaHS04
Chumoli kislota oson oksidlangani sababli uni kislotalar olishning umumiy usullari bilan olib bo'lmaydi.
Ishlatilishi. Chumoli kislota kimyo sanoatida organik moddalar sintez qilishda qaytaruvchi sifatida, shuningdek oksalat kislota olish uchun: oziq-ovqat sanoatiga — dezinfeksiyalovchi va konservalovchi vosita sifatida; to'qimachilik sanoatida — gazlamalarni bo'yashda, tibbiyotda — revmatizm (bod) kasalligida teriga surtib ishqalash uchun keng ko'lamda ishlatiladi