Sirka kislota odatdagi temperaturada — o'ziga xos o'tkir hidli rangsiz suyuqlik. U +16,6 °C dan past tem peraturada muzga o'xshash kristallar holida qotadi, shu sababli muz sirka kislota deyiladi. Sirka kislota suvda istalgan miqdorda eriydi, uning suvdagi 3 — 9% li eritmasi sirka deyiladi va ovqatga qo'shish uchun ishlatiladi. 70 — 80% li sirka kislota sirka essensiyasi deyiladi.
Kimyoviy xossalari. Kimyoviy xossalari jihatidan sirka kislota mineral kislotalarga o'xshaydi. U suvdagi eritmada ionlarga dissotsilanadi:
I CH3COOH <=> CH3COO~ + H+
Kislota qoldig'i CH3COO” asetat-ion deyiladi. Sirka kislota kuchsiz elektrolitlar qatoriga kirganligi sababli vodorod ionlari va asetat-ionlar kam hosil bo'ladi.
Mineral kislotalar kabi sirka kislota ham asoslar, asosli oksidlar va tuzlar bilan reaksiyaga kirishadi, bu reaksiyalardan uning tuzlarini - asetatlarni olishda foydalaniladi.
Olinishi. Sirka kislota olishning hozirgi sintetik usuli sirka aldegidni oksidlashga asoslangan, bu aldegidning o'zi esa asetilendan M. G. Kucherov reaksiyasi bo'yicha olinadi (asetilen juda arzon xomashyodan — metandan olinadi):
CH = CH + H20 ё CH3 - C ^ - l -j ^ c h 3- c . H OH
Sirka kislota olishning butanni oksidlashga asoslangan yangi usuli katta ahamiyat kasb etmoqda:
2CH3 - CH2 - CH2 - CH3 + 502 -> 4CH3 - С + 2H20
Sirka kislotani metandan olish jarayoni ko'p bosqichli bo'lgan holda (metan -» asetilen -> sirka aldegid -» sirka kislota) butanni oksidlab kislota olish bir bosqichlidir, bu esa katta iqtisodiy samara beradi
Ishlatilishi. Sirka kislota turli-tuman maqsadlarda ishlatiladi. Kimyo sanoatida undan plastik massalar, turli xil bo'yoqlar, doridarmonlar, sun’iy tola(asetat ipak), yonmaydigan kinoplyonkava h.k. olish uchun foydalaniladi. Sirka kislotaning aluminiyli, xromli va temirli tuzlari gazlamalarni bo'yashda, dorilash uchun ishlatiladi. Sirka kislotaning tuzlaridan qishloq xo'jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda ham foydalaniladi. Sirka kislota ovqatga solish, sabzavotlarni konservalash uchun ham ishlatiladi.