Murakkab efirlar. Eterifikatsiyalash va sovunlanish reaksiyalari


Murakkab efirlarning olinishi. Karbon kislotalar spirtlar bilan o'zaro ta’sir ettirilganda murakkab efirlar hosil bo'ladi. Masalan, sirka kislota bilan etil spirtdan katalizator (konsentrlangan sulfat yoki xlorid kislota) ishtirokida murakkab efir — etilasetat olinadi:

2CH3- C t f , . J +[HO-C 2H5 -> CH3 - C - 0 - C 2H5 + H20

Murakkab efirlarning umumiy formulasi R — С — О — R', bunda R va R - uglevodorod radikallar. Murakkab efirlarni kislotalarning

gidroksididagi vodorodi o‘rnini radikal olgan hosilalari sifatida qarash mumkin. Lekin chumoli kislotaning murakkab eflrlarida radikal R o ‘rnida vodorod atomi bo‘ladi.

Kislota bilan spirtdan murakkab efir hosil bo‘lish reaksiyasi eterifikatsiya (,,eter“ — efir) reaksiyasi deyiladi.

Eterifikatsiya reaksiyalari faqat karbon kislotalar uchungina emas, balki mineral kislotalar uchun ham xosdir.

Masalan, etil spirt sulfat kislota bilan o‘zaro ta’sirlashganda murakkab efir — dietilsulfat hosil bo‘ladi:

2C,HsOH+ ^ S O , - » - \ S0 ! + 2H,0 Н О / C2H50 ^ 2 2 dietilsulfat Nitrat kislota bilan spirtdan etilnitrat hosil bo'ladi: C2H5OH + HO - n o 2 -> C2H5 - о - N 0 2 + H20

Nomenklaturasi. Murakkab efirlarning nomi ko‘pincha qoldiqlari, ularning tarkibiga kiradigan kislota va spirtlarning nomiga efir so‘zini qo‘shib hosil qilinadi; ularning nomi tuzlarning nomiga o'xshash hosil qilinadi. Masalan:

0 0 О Н - Й - 0 -СН 3 CH3 - d ! - o - c 2H5 сн 3 - ( ! : - о - с 5н п chumoli-etil efir sirka-etil efir sirka-amil efir

Xossalari. Karbon kislotalar murakkab efirlarining ko‘pchiligi — suvda kam eriydigan suyuqliklar, lekin ular spirtda yaxshi eriydi. Murakkab efirlar molekulalarining tuzilishi o ‘ziga xos (ularda masalan, gidroksil gruppalar yo‘q) bo‘lganligi sababli vodorod bog‘lanishlar bo'lmaydi va spirtlar hamda kislotalar uchun xos bo‘lgan assotsilangan molekulalar ham bo‘lmaydi. Shu sababli murakkab efirlar ularga mos keladigan kislotalarga qaraganda ancha past temperaturada qaynaydi.

Ko‘pchilik murakkab efirlardan xushbo‘y meva hidi keladi. Masalan, chumoli-amil efirdan — olcha hidi, chumoli-etil efirdan — rom, sirka-amil efirdan — banan, moy-etil efirdan — o ‘rik, moybutil efirdan - ananas, izovalerian-etil efirdan - olma hidi keladi.

Murakkab efir suv bilan reaksiyaga kirishib, yana qaytadan I islota bilan spirtga aylanadi. Masalan:

О CH - c - o ■c 2h 5 + h o h - * c h 3- ( ^ + C2H5OH

Murakkab efirning suv bilan reaksiyaga kirishib, spirt va kislota hosil qilish reaksiyasi sovunlanish yoki gidrolizlanish deyiladi. i I eterifikatsiya reaksiyasiga teskari reaksiyadir.

Ravshanki, eterifikatsiya qaytar jarayondir:

    .0 CH, - С \ + HO - C2H 5 о сн3 - с - о - с2н5 - н2о он

va kimyoviy muvozanat qaror topganda reaksiyaga kirishayotgan aralashmada boshlang‘ich moddalar ham, oxirgi mahsulotlar ham bo‘ladi. Katalizator — vodorod ionlari (mineral kislotalar) — to‘g‘ri va teskari reaksiyani (eterifikatsiya va gidrolizni) bir xilda tezlashtiradi, ya’ni muvozanat holatiga yetishni tezlashtiradi. Muvozanatni efir hosil bo‘lish tomoniga siljitish uchun boshlang'ich kislota yoki spirtni mo‘l miqdorda olish kerak. Reaksiya mahsulotlaridan biri reaksiya doirasidan chiqarib yuborilganda ham xuddi shu natijaga erishiladi; buning uchun efirni haydash yoki suv tortib oluvchi moddalar bilan suvni bog‘lash kerak. OH ~ ionlari murakkab efirlarning gidrolizlanishini kuchaytiradi: muvozanat kislota bilan spirt tomoniga siljiydi va reaksiya amalda qaytmas bo‘lib qoladi, chunki hosil bo'ladigan karbon kislota ishqor ta’sirida tuz hosil qiladi:

О О CH3 - С - О - С2Н5 + NaOH -» С Н3 - С ONa + С2Н5ОН

Murakkab efirlarning suv bilan o‘zaro ta’siri — ularning juda muhim kimyoviy xossasidir (oddiy efirlar gidrolizlanmaydi)

Ishlatilishi. Ko‘pchilik murakkab efirlar organik moddalarning yaxshi erituvchilari sifatida ishlatiladi. Ulardan meva essensiyalari tayyorlashda ham keng ko'lamda foydalaniladi. Ayrim murakkab efirlar tibbiyotda ishlatiladi: izoamil-nitrit stenokardiya xurujlarini susaytiradi, etilnitrit chakka qon tomirlarini kengaytiradi.

 

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan