Sovunlar va sun’iy yuvish vositalari


Sovunlar yuqori karbon kislotalarning tuzlaridir. Odatdagi sovunlar asosan palmitin, stearin va olein kislotalar tuzlarining aralashmasidan tarkib topgan. Natriyli tuzlar qattiq sovunlarni, kaliyli tuzlar — suyuq sovunlarni hosil qiladi.

Sovunlar yog'larning ishqorlar ishtirokida gidrolizlanishidan hosil bo'ladi:

сн2-о-со-с17н35 сн2он СН - О - СО - С17нз5+ 3NaOH CHOH + 3C17H35COONa СН — О — СО - С17Н, CROH natriy stearat 2 (sovun) stearin kislotaning glitserin triglitseridi (tristearin)

Ana shuning uchun ham eterifikatsiyaga teskari reaksiya sovunlanish reaksiyasi deb ataladi. Yog‘lar sulfat kislota ishtirokida ham sovunlanishi mumkin (kislotali sovunlanish). Bunda glitserin bilan yuqori karbon kislotalar olinadi. Bu kislotalar ishqor yoki soda ta’sirida sovunga aylantiriladi. Sovun olish uchun xomashyo sifatida o ‘simlik moylari (kungaboqar moyi, paxta moyi va b.), hayvon yog‘lari, shuningdek natriy gidroksid yoki suvsizlantirilgan soda ishlatiladi. 0 ‘simlik moylari dastlab gidrogenlanadi, ya’ni ular qattiq yog‘larga aylantiriladi. Yog‘larning o ‘rniga molekular massasi katta bo‘lgan sintetik karbon yog‘ kislotalari ham ishlatiladi. Sovun ishlab chiqarishda ko‘p miqdorlarda xomashyo talab qilinadi, shu sababli sovunlarni ovqat bo‘lmaydigan mahsulotlardan olish masalasi qo‘yilgan. Sovun ishlab chiqarish uchun zaruriy karbon kislotalar parafmni oksidlab olinadi.

Molekulasida 1 0 dan 16 tagacha uglerod atom lari bo‘ladigan kislotalarni neytrallash yo‘li bilan atirsovun, molekulasida 17 dan 2 1 tagacha uglerod atomlari bo£ladigan kislotalarni neytrallab — kirsovun va texnika maqsadlari uchun ishlatiladigan sovunlar olinadi. Sintetik sovun ham, yog‘lardan olinadigan sovun ham qattiq suvda kirni yaxshi ketkazmaydi. Shu sababli sintetik kislotalardan olinadigan sovun bilan bir qatorda xomashyoning boshqa turlaridan, masalan alkilsulfatlardan — yuqori spirtlarning murakkab efirlari bilan sulfat kislotaning tuzlaridan ham yuvish vositalari ishlab chiqariladi. Bunday tuzlarning hosil bo‘lishini umumiy holda ushbu tenglamalar bilan tasvirlash mumkin:

R-CH 2 -OH+ y S 0 2 R - CH2 - о - s o 2 - 0 H+H20 HO sulfat kislotaning murakkab efiri R - CH2 - О - S02 - OH + NaOH 4 -> R — CH2 — О — S02 — ONa + H20 natriy alkilsulfa

Bu tuzlarning molekulasida 12 dan 14 tagacha uglerod atomlari bo'ladi va ularning kir ketkazish xossalari juda yaxshidir. Kalsiyli va magniyli tuzlar suvda eriydi, shu sababli bunday sovunlar qattiq suvda ham kir ketkazadi. Alkilsulfatlar ko‘pchilik kir yuvish kukunlari tarkibida bo‘ladi.

Sintetik yuvish vositalari yuz ming tonnalab ovqat bo‘ladigan xomashyoni — o‘simlik moylari va yog‘larni tejashga imkon beradi.

 

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan