Uglevodlar — organik birikmalar bo‘lib, tarkibi odatda umumiy Cn(H 20 ) m (n va m > 4) formula bilan ifodalanadi.
Tarkibi bu umumiy formulaga to ‘g‘ri kelmaydigan, lekin uglevodlar sinfiga kiradigan birikmalar ham m a’lum, masalan, ramnoza G H .,0 ..
Uglevodlar juda ko‘p tarqalgan tabiiy birikmalar hisoblanadi, o‘simlik va hayvon organizmlari tarkibiga kiradi. Ular o‘simliklarda fotosintez natijasida hosil bo'ladi:
яС02 + /яН О .С (H20) + «0 2 2 2 /Л 2 'm 2
Uglevodlaming miqdori o‘simliklarda quruq modda massasining 80% gacha, odam va hayvonlar organizmida — 2 0 % gacha miqdorini tashkil etadi. Ular fiziologik jarayonlarda muhim rol o‘ynaydi. Odam ovqatining taxminan 70% i uglevodlardan iborat.
Uglevodlar odatda monosaxaridlar, oligosaxaridlar (ikkita yoki bir nechta monosaxarid molekulasining kondensatlanish mahsulotlari) va polisaxaridlarga bo‘linadi. Oligosaxaridlar orasida eng katta ahamiyatga ega bo‘lganlari disaxaridlar (diozalar) — monosaxaridlar ikkita molekulasining kondensatlanish mahsulotlaridir.