Monosaxaridlar va disaxaridlar


Glukoza. Monosaxaridlar orasida eng muhimi glukoza C6H 120 6 bo‘lib, u uzum shakari ham deyiladi. Bu shirin ta’mli oq kristall m odda, suvda yaxshi eriydi. G lukoza o ‘simlik va hayvon organizmlarida bo‘ladi, uning miqdori ayniqsa uzum sharbatida (shuning uchun uzum shakari deyiladi), asalda, shuningdek pishgan mevalarda ko‘p bo'ladi.

Glukozaning tuzilishi uning kimyoviy xossalarini o‘rganish asosida keltirib chiqadigan. Masalan, glukoza spirtlarga xos xususiyatlarni nam oyon qiladi: m etallar bilan alkogolatlar (saxaratlar) hosil qiladi, molekulasida beshta kislota qoldig'i (gidroksid gruppalar soni) bor murakkab sirka kislotali efir hisoblanadi. Demak, glukoza — ko‘p atomli spirt. U kumush oksidning ammiakdagi eritm asi ta ’sirida „kumush ko‘zgu“ reaksiyasini beradi, bu esa uglerod zanjirining oxirida aldegid gmppa borligini bildiradi. Demak, glukoza - aldegid-spirt, uning molekulasi quyidagicha tuzilgan bo'lishi mumkin:

CH2OH - CHOH - CHOH - CHOH - CHOH - c ' yoki X H CH,OH - (CHOH), - H

Lekin glukozaning barcha xossalari ham uning aldegid-spirt sifatidagi tuzilishiga mos kelaverm aydi. M asalan, glukoza aldegidlaming ba’zi reaksiyalariga kirishmaydi. Beshta gidroksiddan bittasining reaksiyaga kirishish xususiyati eng kuchli va undagi vodorodni metil radikaliga almashtirish moddaning aldegid xossalari yo'qolishiga olib keladi. Bularning hammasi glukozaning aldegid shakli bilan bir vaqtda glukoza molekulalarining siklik shakllari (a-siklik va (3-siklik) ham mavjud, degan xulosa chiqarishga asos bo'ldi; siklik shakllari gidroksid gruppalarning halqa tekisligiga nisbatan joylashuvi bilan bir-biridan farq qiladi. Kristall holatida glukozaning molekulalari siklik tuzilgan bo'ladi, suvdagi eritmalarida esa u bir-biriga aylanib turadigan turli shakllarda bo'ladi:

HO—c — H 4 I H - C - O H H J c — OH 6 (’ CH2OH p-siklik shakli aldegid shakli a-siklik shakli

Ko'rinib turibdiki, siklik shakllarda aldegid gruppa bo'lmaydi. Birinchi uglerod atomidagi gidroskid gruppa reaksiyaga eng ko'p kirishuvchan. Uglevodlarning ko'pchilik kimyoviy xossalari molekulasining siklik shakli bilan tushuntiriladi.

Sanoat miqyosida glukoza kraxmalni kislotalar ishtirokida gidrolizlash yo'li bilan olinadi. Uni yog'ochdan (sellulozadan) ishlab chiqarish ham yo'lga qo'yilgan. Glukoza - qimmatli oziq modda. U to'qimalarda oksidlanganda organizmning normal hayot faoliyati uchun zaruriy energiya ajralib chiqadi. Oksidlanish reaksiyasini quyidagi umumiy tenglama bilan ifodalash mumkin:

                                                        C6H120 6 + 602 -» 6C02 + 6H20   

G lukoza tibbiyotda dori-d arm o n lar tayyorlash, qonni konservalash, venaga quyish va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. U qandolatchilikda, ko'zgu va o'yinchoqlar ishlab chiqarishda (kumushlash) ko'p ishlatiladi. Glukozadan gazlama va terini bo'yashda (ishlov berish uchun) foydalaniladi.

Fruktoza. Fruktoza — glukozaning izomeri, shirin mevalarda va asalda glukoza bilan birga bo'ladi. U glukoza va saxarozadan shirinroq (quyiroqqa q.).

Fruktoza keton-spirt hisoblanadi. Uning molekulasining tuzilishini ushbu formula bilan ifodalash mumkin:

                                     ‘CH.OH I 2c = o I HO - 3C - H H - 4C-OH H — 5C — OH 6CH2OH

Gidroksil gruppalari borligi tufayli fruktoza ham glukoza kabi saxaratlar va murakkab efirlar hosil qila oladi. Lekin aldegid gruppasi yo'qligi sababli u glukozaga qaraganda kamroq darajada oksidlanadi. Glukoza kabi fruktoza ham gidrolizlanmaydi

Saxaroza. Disaxaridlar gruppasida eng katta ahamiyatga ega bo'lgan modda saxarozadir, u lavlagi shakari yoki qamish shakari ham deyiladi. Saxarozaning empirik formulasi C12H22On.

Qand lavlagi va shakarqamishda saxarozaning miqdori ko‘p bo‘la~ di. U qayin, zarang shirasida, ko‘pchilik meva va sabzavotlarda bo'ladi. Saxaroza (odatdagi shakar) — oq kristall modda, glukozadan shirinroq, suvda yaxshi eriydi.

Saxarozaning muhim kimyoviy xossasi — qizdirilganda vodorod ionlari ishtirokida gidrolizlanish xususiyatidir. Bunda saxarozaning bitta molekulasidan glukoza bilan fruktoza molekulalari hosil bo‘ladi:

                                         с $ ф п + HjO —> c6H1206 + ед2о6 saxaroza glukoza fruktoza  

Vodorod ionlari gidrolizlanish jarayonida katalizator vazifasini o‘taydi.

Saxaroza „kumush ko‘zgu“ reaksiyasini bermaydi va qaytaruvchilik xossalariga ega emas. Shu bilan u glukozadan farq qiladi. Saxaroza molekulasi siklik shakldagi glukoza va fruktoza molekulalarining qoldiqlaridan tarkib topgan; ular bir-biri bilan kislorod atomi orqali bog‘langan.

 

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan