Kraxmal. Kraxmal, shuningdek selluloza (keyinroqqa q.) uglerodlarning uchinchi gruppasiga — polisaxaridlarga kiradi.
Bu moddaning molekular massasi aniq topilmagan, lekin uning juda kattaligi ma’lum va har xil namunalarida turlicha boMishi (100000 gacha) mumkin. Shu sababli boshqa polisaxaridlar singari kraxmalning formulasi ham (С6Н |0О5)и tarzida ifodalanadi. Har qaysi polisaxarid uchun n ning qiymati turlicha boladi.
Kraxmal ta’msiz, oq kukun bo'lib, sovuq suvda erimaydi. Qaynoq suvda kleyster hosil qiladi.
Kraxmal tabiatda keng tarqalgan. U turli xil o‘simliklar uchun zaxira oziq ashyo hisoblanadi va ularda kraxmal donachalari holida bo‘ladi. Quyidagi boshoqli o‘simliklar donlarida kraxmal eng ko‘p bo'ladi: guruch (8 6 % gacha), bug‘doy (75% gacha), jo ‘xori (72% gacha), shuningdek kartoshka tugunaklari (24% gacha). Kartoshka tugunaklarida kraxmal donlari hujayra shirasida suzib yuradi, boshoqlilarda esa ular kleykovina deyiladigan oqsil modda vositasida bir-biriga zich yopishgan bo‘ladi. Kraxmal fotosintez mahsulotlaridan biri hisoblanadi.
0 ‘simliklardan hujayralarini buzish va suv bilan yuvib olish orqali kraxmal ajratib olinadi. Sanoat miqyosida u asosan kartoshka tugunaklaridan (kartoshka uni holida), shuningdek jo'xoridan ham olinadi.
Barcha murakkab uglevodorodlar singari kraxmal ham fermentlar ta’sir ettirilganda yoki kislotalar bilan qizdirilganda (vodorod ionlari katalizator b^'lib xizmat qiladi) gidrolizlanadi. Bunda dastlab eruvchan kraxmal, so‘ngra unchalik murakkab bo‘lmaydigan moddalar — dekstrinlar hosil bo‘ladi. Gidrolizning oxirgi mahsuloti glukoza hisoblanadi. Reaksiyaning umumiy tenglamasini shunday ifodalash mumkin:
(C6Hl0O6)„ + «H2O -» « C 6H12O6
Kraxmalning gidrolizlanishi uning muhim kimyoviy xossasidir. Kraxmal „kumush ko‘zgu“ reaksiyasini bermaydi, lekin uning gidrolizlanish mahsulotlari shunday reaksiya beradi. Kraxmal makromolekulalari siklik a-glukozaning ko‘p molekulalaridan tarkib topgan: Shunga asosan kraxmalning hosil bo‘lish jarayonini shunday tasvirlash mumkin:
K ocrinib turibdiki, glukoza molekulalarining birlashishi eng reaksiyaga kirishuvchan gidroksil gruppalar ishtirokida sodir bo‘ladi, bunday gmppalarning yo‘qolishi aldegid gruppalar hosil bo‘Iish ehtimolligini yo‘qqa chiqaradi va ular kraxmal molekulasida yo‘q. Kraxmalning kimyoviy xossalari uning tuzilishi asosida ana shunday izohlanadi.
Yod eritmasi kraxmalni ko‘k rangga kiritadi. Qizdirilganda bu rang yo‘qoladi, sovitilganda yana paydo boladi. Yod eritmasidan kraxmalni aniqlash uchun, kraxmal eritmasidan (kleysterdan) esa — yodni aniqlash uchun foydalaniladi.
Kraxmal turli-tum an maqsadlarlda ishlatiladi. U odamlar ovqatidagi —non, krupa, kartoshkadagi asosiy uglevod hisoblanadi. Anchagina miqdori qayta ishlanib, qandolatchilikda foydalaniladigan dekstrinlar, patoka va glukozaga aylantiriladi. Kartoshkadagi va boshoqlilar donidagi kraxmaldan etil spirt olinadi. Kraxmaldan yelimlovchi vosita sifatida foydalaniladi. Gazlamalarga pardoz berishda, kiyim-kechakni kraxmallashda ishlatiladi. Tibbiyotda kraxmal asosida malham dorilar, sepki dorilar va b. tayyorlanadi.
Selluloza. Selluloza kraxmalga qaraganda ham ko‘p tarqalgan uglevod. O'simlik hujayralarining devorlari asosan sellulozadan tarkib topgan. Yog‘ochda 60% gacha, paxta va filtr qog‘ozda — 90% gacha selluloza bo‘ladi.
Sof selluloza — suvda va odatdagi organik erituvchilarda erimaydigan oq qattiq modda, mis (II) gidroksidning ammiakdagi eritmasida (Shveytser reaktivida) yaxshi eriydi. Bu eritmadan kislotalar sellulozani tolalar holida (gidratselluloza) cho'kmaga tushiradi.
Kraxmal kabi sellulozaning tarkibi ham (С6Н 10О5)я formula bilan ifodalanadi. Sellulozaning ba’zi turlarida n ning qiymati 40 mingga, molekular massasi esa bir necha millionga yetadi. Uning molekulalari esa ham chiziqsimon, ham tarmoqlangan strukturaga ega. Kraxmalning sellulozadan asosiy farqi ana shundadir.
Bu moddalarning tuzilishida ham farq bor: kraxmal makromolekulalari a-glukoza molekulalarining qoldiqlaridan, selluloza makromolekulalari esa — (3-glukoza molekulalarining qoldiqlaridan tarkib topgan. Selluloza makromolekulasining hosil bo'lish jarayonini ushbu sxema bilan tasvirlash mumkin:
Molekulalarning tuzilishida ozgina farq borligi polimerlarning xossalaridan ancha farq bo'lishiga olib keladi: kraxmal — ovqatlanish mahsuloti, sellulozani esa ovqat sifatida ishlatib bo'lmaydi.
Bular sellulozaning ishlatilishiga doir ayrim misollargina, xolos. Paxta, zigir vakanop tolaholidagi sellulozagazlamalar - ipgazlama va zig‘ir tolali gazlamalar tayyorlashga sarflanadi. Ko‘plab miqdorda selluloza qog‘oz ishlab chiqarishda ishlatiladi. Qog‘ozning arzon navlari ignabargli daraxtlar yog‘ochidan, yaxshi navlari — zig‘ir yoki ip-gazlama parchalaridan tayyorlanadi. Sellulozani kimyoviy qayta ishlab, bir necha xil sun’iy ipaklar, plastmassalar, kinoplyonka, tutunsiz o ‘q-dori, loklar va ko‘pgina boshqa mahsulotlar olinadi.