Molekulasida uglerod atomida nitrogruppa — N 0 2 bo‘lgan organik moddalar nitrobirikmalar deyiladi.
Ularni uglerodlarning vodorod atomi o'rnini nitrogruppa olgan hosilalari sifatida qarash mumkin. Nitrogruppalarning soniga qarab mono-, di-, va polinitrobirikmalar bo‘ladi.
Nitrobirikmalaming nomi boshlang‘ich uglevodorodlar nomiga nitro - old qo‘chimchani qo'shish yo‘li bilan hosil qilinadi. Masalan:
c h 3n o 2 c h 3- c h 2- c h - c h - c h 3 c 6h - n o 2 nitrometan | nitrobenzol n o 2 2-nitropentan
Organik moddaga nitrogruppani kiritish nitrolash deyiladi. Uni turli usullar bilan amalga oshirish mumkin. Aromatik birikmalarga konsentrlangan nitrat va sulfat kislotalarning aralashmasini (birinchisi — nitrolovchi agent, ikkinchisi — suvni tortib oluvchi modda) ta’sir ettirish yo‘li bilan ularni oson nitrolash mumkin:
Trinitrotoluol portlovchi modda sifatida yaxshi m a’lum. U faqat detonatsiyadan portlaydi. Tutaydigan alanga berib, portlamasdan yonadi.
To'yingan uglevodorodlarni nitrolash uchun uglevodorodlarga qizdirib turib va yuqori bosimda suyultirilgan nitrat kislota ta’sir ettiriladi (М. I. Konovalov reaksiyasi): C6H 14 + H N 0 3 geksan c 6h 13n o 2 + H20 nitrogeksan
Nitrobirikmalar ko‘pincha alkilgalogenidlarni kumush nitrit bilan o‘zaro ta’sir ettirib olinadi: C3H7J + AgN02 -> C3H7N 0 2 + AgJ Nitrobirikmalar qaytarilganda aminlar hosil bo‘ladi.