Ammiakning bitta, ikkita yoki uchala vodorod atomi organik radikallarga almashingan hosilalari aminlar deyiladi.
Radikallar soniga qarab, aminlar birlamchi (bitta radikalli), ikkilamchi (ikkita radikalli) va uchlamchi (uchta radikalli) bo‘ladi. Aminlarning umumiy formulalari. R - N - H R, — N — R, R, H birlamchi amin H ikkilamchi amin N-R, R3 uchlamchi amin
Diaminlar — bular molekulasida ikkita aminogruppa — N H ? bo‘ladigan organik birikm alardir. M asalan: etilendiam in H2N — C H2 — N H 2, geksametilendiamin H 2N —(CH2) 6 — NH,, bu sintetik neylon tola olishda ishlatiladi
Aminlar ammiakning hosilalari boigani sababli ularda ammiakning kimyoviy xossalari takrorlanadi. Quyi aminlar (metilamin, dimetilamin, trimetilamin) odatdagi sharoitda — ammiak hidi keladigan gazlar, aminlar qatorning o'rta a’zolari — salgina hidi bor suyuqliklar, yuqori a’zolari — hidsiz, qattiq moddalar
Ammiak kabi aminlar ham suvda eriganda asoslar hosil qiladi: CH3NH2 + H20 -» [CH3NH3]OH metil ammoniy gidroksid (CH3)2NH + H20 -» [(CH3)2NH2]OH dimetilammoniy gidroksid (CH,)3N + H20 -> [(CH3)3NH]OH trimetilammoniy gidroksid
Ammoniy tuzlari kabi am inlarning tuzlari ham - suvda eriydigan kristall moddalar. Ularning suvdagi eritmalari elektr tokini o'tkazadi, chunki ular ionlarga yaxshi dissotsilanadi:
[ (CH3)2NH2]C1 -> [(CH3)2NH2]+ + ci
Aminlarning xossalari bilan ammiakning xossalari o'xshashligi ularning elektron tuziiishi bilan izohlanadi. M aiumki, ammiakning va aminlarning molekulalarida boiinm agan erkin elektronlar jufti bor azot bo'ladi:
Aminlarning tuzlariga ishqorlar ta ’sir ettirilganda aminlar ajralib chiqadi:
[CH3NH3]C1 + NaOH -> CH3NH2 + NaCl + H,0
Aminlar havoda yonadi: 4CH3NH2 + 902 4C02 + 2N2 + 10H20