Kislotalarning amidlari


Kislotalarning gidroksil gruppasi aminogruppaga almashingan hosilalari shu karbon kislotalarning amidlari deyiladi.

Masalan:

                            C H - C - O H C H - C - N H , ' II II О о sirka kislota sirka kislotaning amidi

Amidlaming umumiy formulasi RCONHr Funksional gruppa / 0 —C ^ aminogruppa deyiladi. Amidlaming nomi ular hosil boigan

Amidlar karbon kislotalarning ammoniyli tuzlarini qizdirish yo‘li bilan olinadi:

О и r - c o o n h 4 -> r - c - n h 2 + h 2o yoki murakkab efirlarga ammiak ta’sir ettirib olinadi: О О II II R -C -O R 1 + NH3 -> R- С —NH3 + R'OH

Chumoli kislotaning amidi — suyuqlik, qolgan barcha kislotalarning amidlari — oq kristall moddalar. Quyi amidlar suvda yaxshi eriydi. Amidlaming suvdagi eritmalari lakmusga neytral reaksiya beradi.

Amidlaming juda muhim xossasi — ularning kislota va ishqorlar ishtirokida gidrolizlana olish xususiyatidir. Bunda kislota bilan ammiak hosil bo‘ladi:

О О II II R -C -N H 2+ НОН -* R -C -O H + NH,

Kislotalarning amidlari qatoriga mochevina kiradi. Bu odam va hayvonlar organizmidagi azot almashinishining oxirgi mahsulotidir. Mochevinani karbonat kislotaning toMiq amidi sifatida qarash mumkin:

Mochevina, boshqacha aytganda, karbamid — suvda yaxshi eriydigan oq kristall modda. Uni dastlab 1828- yilda nemis olimi Vyoler ammoniy sianatdan olgan edi:

                                                                                     NH4OCN -> H2N -C -N H 2

Bu sintetik yo‘1 bilan olingan birinchi organik birikmadir. Sanoatda mochevina uglerod (IV) oksid bilan ammiakdan qizdirib turib (150°C) va yuqori bosimda olinadi:

                                                                           C0 2 + 2NH3 -» H2N -C O -N H 2 + H20

Kuchli mineral kislotalar bilan mochevina tuzlar hosil qiladi.

                                                                   H2N -C O -N H 2 + HN03 H ,N -C 0 -N H 2-HN03

Mochevina — qimmatli, juda konsentrlangan azotli o‘g‘it (46,6% azot), barcha tuproqlarda va hamma ekinlar uchun keng foydalaniladi. U azot manbayi sifatida hayvonlar ozigiga qo‘shibberiladi. Mochevina - formaldegid smolalar va dori-darmonlar (lyuminal, veronal va b.) olishda boshlang'ich modda sifatida ham ishlatiladi.

 

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan