Moddalar massasining saqlanish qonuni


 Bu kimyoning eng birinchi qonuni.  Bu qonun dastlab 1784 yilda M.V.Lomonosov tomonidan va keyinchalik 1789 yilda A.Lavuaze tomonidan ta’riflangan:

      "Kimyoviy reaksiyaga kirishuvchi moddalar massasining  yig’indisi reaksiya mahsulotlari massalarining yig’indisiga  tengdir"  Misol:

 

 

                CaCO3 + 2HCl = CaCl2 + CO2 + H2 O

                 100      73               111       44        18

                      173                               173

                           

                              CaCO3 = CaO + CO2

                               100         56        44

     Radioaktiv parchalanish, atom va vodorod bombalarining portlashi kabi katta miqdorda energiya ajralib chiqishi bilan boradigan jarayonlar massalar saqlanish qonuniga emas, balki materiyaning saqlanish qonuniga bo’ysunadi.  Agar jarayon davomida E  energiya  ajralib chiqsa, bu  jarayon davomida massaning o’zgarishi  Eynshteyn tenglamasi bilan ifodalanadi:

 

                              E=m*c2                      

     c - vakuumdagi yorug’lik tezligi.

     m-reaksiyalarda massa  o’zgarishi  nihoyatda kichik bo’ladi va uni tarozi

yordami bilan payqash qiyin.

 Masalan:

                H2 + 1/2O= H2O + 241,8 kj/mol

                     

     Massaning o’zgarishi  kimyoviy reaksiyalarda juda oz bo’lganligidan amalda uni o’zgarmaydi deb olinadi.

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan