Ekvivalentlar qonuni


Tarkibning doimiylik qonunidan moddalar bir-biri bilan aniq miqdoriy nisbatlarda birikishi kelib chiqadi.

       Masalan,  49 g sulfat kislota 32,5 g rux bilan reaksiyaga kirishganda 1 g vodorod ajralib chiqadi.  Sulfat kislota o’rniga 36,5 g xlorid kislota olinsa ham o’shancha vodorod ajralib  chiqadi.  Ruxning o’rniga  alyuminiy olinsa,  1g vodorod ajralib chiqishi uchun 9 g alyuminiy kerak bo’ladi. 

 

     Moddalar o’zlarining ekvivalentlariga proporsional miqdorda reaksiyaga kirishadilar.

                              m1|m2=E1|E2

    Kimyoviy  elementning  ekvivalenti deganda,  uning  1  mol vodorod atomlari bilan to’liq reaksiyaga kirisha oladigan yoki kimyoviy reaksiyalarda  uning  o’rnini  oladigan miqdoriga aytiladi.   

                                 E=A|V

   

                              A - elementning atom massasi,

                              V - valentligi.

     Misni (Cu) ni ekvivalenti 64/2= 32  yoki   64/1 =64 ga teng.   Alyuminiyni ekvivalenti  27/3=9 ga teng. 

      Murakkab moddaning ekvivalenti deganda, 1 ekvivalent vodorod bilan yoki 1 ekvivalent har qanday boshqa modda bilan to’liq reaksiyaga kirishadigan  modda miqdoriga aytiladi.  Murakkab moddalarning ekvivalent massalari quyidagi formulalar bilan hisoblanadi:

 

          E MgO= 40/2= 20.     EHCl=36,5/1= 36,5     E(AlCl3)= 133,5/3=44,5

      

     Agar aniq biror reaksiya berilgan bo’lsa, moddaning ekvivalentini topish  uchun uning molyar massasini reaksiyaga kirishgan vodorod va gidroksil ionlari soniga bo’linadi. Masalan:

      H3PO4 + NaOH = NaH2PO4 + H 2O        E (NaH2PO4) = 98/1 = 98g

      H3PO4 + 2NaOH = Na2HPO4 + 2H2O       E (Na2HPO498/2 = 49g

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan