GAZ QONUNLARI


 1.Boyl-Mariot qonuni.

      Doimiy haroratda ma’lum miqdor  gazning bosimi uning hajmiga teskari proportsional.

            T = const               P1*V= P2*V2        P1/P= V2/V1

 

      2.Gey-Lyussak qonuni.

      O’zgarmas bosimda gazning hajmi uning mutloq haroratiga to’g’ri proportsional.

            P = const             V/T = const.

 

      3.Sharl qonuni.  O’zgarmas hajmda gazning bosimi  uning  mutloq

haroratiga to’g’ri proportsional.

            V = const                     P/T = const.              

 

     Bu uchchala qonunni birlashtirilsa, gazlarning holat tenglamasi

kelib chiqadi:

                    P1*V1/T1=  P2*V2/T2

 

     P 1 , V 1 , T1  - ma’lum miqdor gazning bosimi, hajmi, harorati.

     P 2, V2, T2 – shu gazning boshqa sharoutdagi bosimi,hajmi va harorati.

       Agar shu gazning normal sharoitdagi bosimi, hajmi, harorati  hisobga olinsa

                                       Po*Vo/To=R

         R-   nisbat ma’lum miqdor gaz uchun  o’zgarmas  qiymatdir.

       Agar bu nisbat 1 mol modda uchun olinsa, uni gaz doimiysi deyiladi.

        Po= 101,325 kPa,  To=273 T,  Vo=22,4 l

  bo’lsa bu qiymat 8,31 J/molga teng.

           1961 y.da atomning massa birligi qabul qilingan.(m.a.b.). Ba’zan bu tushuncha atomning uglerod birligi deyiladi(a.u.b.) Atomning uglerod birligida ifodalangan massasi atom massa deyiladi.Bunda barcha hisoblashlar uglerodning 126Cizotopiga nisbatan olib boriladi.Shunday o’lchovga ko’ra kislorodning nisbiy atom massasi 15,9994 ga vodorodning nisbiy atom massasi 1,0079 a.u.b. ga teng.

          12 g uglerodning  126C izotopida qancha molekulalar,atomlar,ionlar,elektronlar va bosqa struktura birliklari bo’lgan modda miqdori mol deyiladi.

        Mol tushunchasi nimaga nisbatan qo’llanishiga qarab turli birliklarga ega bo’lishi mumkin: mol atomlar(Cl), mol ionlar(Cl-),mol molekula(Cl2), ularning massalari mos ravishda  35,5 g; 35,5 g;71 g.

        1 mol  modda tarkibidagi struktura birliklari soni yuqori aniqlikda hisoblangan. Bu son Avogadro soni deyiladi va uning qiymati 6,02*1023 ga teng.

        1 mol moddaning massasi molyar massa deyilib,har qanday modda uchun bu qiymat moddalarning molekulyar massasiga teng.

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan