GAZLARNING MOLEKULYAR MASSALARINI ANIQLASH
- Gaz moddaning molekulyar massasini aniqlash Avogadro qonuniga asoslanadi. 1 mol gaz normal sharoitda 22,4l hajmni egallaydi. Agar biz ma’lum hajmdagi gazning ma’lum harorat va ma’lum bosimda massasini bilsak, uning molekulyar massasini hisoblab chiqara olamiz.
1 l Cl gazi 3,16 g kelsa
22,4 l [ g keladi x= 70,78 g= 71 g ,
bu Cl ni molekulyar massasini ko’rsatadi.
- Gazning molekulyar massasi aniq bo’lgan boshqa gazga nisbatan zichligi ma’lum bo’lsa, uning molekulyar massasini quyidagi formula bo’yicha hisoblab topish mumkin. Bunda odatda gazning havo va vodorodga nisbatan zichliklari olinadi.
M gaz = M havo * D havo
- Gazning ma’lum sharoitdagi massasi, hajmi, bosimi va harorati ma’lum bo’lsa, Mendeleev-Klayperon tenglamasidan foydalanib uning molekulyar massasi hisoblab chiqariladi.
mRT
M = -----
PV