1.Avogadro qonuni oddiy gazlar tarkibiga kiradigan atomlarning massalarini topishga imkon beradi.Ko’p gazlar ikki atomli bo’lgani uchun ,atom massani topishda molekulyar massa 2 ga bo’linadi.
2.Atom massani aniqlash italiyalik olim S.Kannisaro tomonidan taklif etilgan bo’lib, mokekulyar massasi aniqlanishi kerak bo’lgan moddaning imkoni boricha ko’proq uchuvchan birikmasi yoki gaz holatda bo’lgan hosilasi olinadi.
Kannisaro usuli bo’yicha uglerodning atom massasini aniqlash
Birikmalar |
Molekulyar massasi |
Uglerodning Massa % |
1 ta molekuladagi Uglerodning massasi,a.u.b. |
CH4 |
16 |
75,00 |
12 |
CO |
28 |
42,85 |
12 |
CO2 |
44 |
27,27 |
12 |
C2H2 |
26 |
92,31 |
24 |
C6H6 |
78 |
92,31 |
72 |
Uglerodning atom massasi 12 a.u.b. ortiq bo’lishi mumkin emas.
Bu usulning kamchiligi shundaki, usul faqat gaz moddalarning yoki oson bug’lanuvchan moddalarnigina molekulyar massasini tajribada o’lchab so’ngra elementning atom massasini topishga imkon beradi.
3.Oddiy moddalarning qattiq holda solishtirma issiqlik sig’imini o’lchash orqali atom massani aniqlash(P.L.Dyulong va A.Pti,1819 y.). Juda ko’p har xil metallar uchun qattiq holatda molekulyar issiqlik sig’imi deyarli bir xil ekanligi aniqlangan.O’rtacha bu qiymat 26J /(mol*K ekanligi topilgan.
1 mol atom moddaning haroratini 1 oC oshirish uchun zarur bo’lgan issiqlik miqdori atom issiqlik sig’imi deyiladi.
A= 26/Catom
A- element atom massasi;
Catom- elementning atom issiqlik sig’imi.
E=A/V; A=E*V