OKSIDLARNING SINFLANISHI, OLINISHI VA XOSSALARI


 Oksidlar to’rt sinfga bo’linadi: asosli, kislotali,amfoter va betaraf oksidlar.

      Oksidlariga asoslar to’g’ri keladigan birikmalar asosli oksidlar deyiladi.Asosli oksidlar barcha metallarning oksidlaridir.Har bir asosli oksidga asos to’g’ri keladi.   

     Li2O  LiOH      Na2O NaOH      K2O  KOH         Rb2O RbOH          Cs2O CsOH

CaO Ca(OH)2     SrO  Sr(OH)2      BaO  Ba(OH)2        FeO Fe(OH)2

MgO  Mg(OH)2    CrO  Cr(OH)2       MnO  Mn(OH)2     Mn2O3 Mn(OH)3

             1 va 11  guruh  asosiy guruh elementlari metallarining oksidlari ВеО va МgО dan tashqari suv bilan ta’sirlashganda asoslar hosil bo’ladi:

         K2O + H2O = 2KOH        Cs2O + H2O = 2CsOH

Li2O + H2O = 2LiOH       CaO + H2O = Ca(OH)2

Na2O + H2O = 2NaOH     BaO + H2O = Ba(OH)2

Rb2O + H2O = 2RbOH      SrO + H2O = Sr(OH)2

CuO + H2#            MnO + H2# 

FeO+H2#             CrO+H2#

ВеО  va  MgO  va boshqa ko’pgina metallarning oksidlari suv bilan ta’sirlashmaydi.Bunday metallarning gidroksidlari bilvosita usullar bilan ,ya’ni tuzlarga kuchli asoslar ta’sir ettirib olinadi.

         Asosli oksidlar metallarga bevosita kislorod ta’sir ettirib hosil qilinadi:  

2Cu + O= 2CuO         2Mg + O= 2MgO  2Ca + O= 2CaO

       Ba’zi metallarga kislorod ta’sir ettirilganda avval peroksidlar hosil bo’ladi:

2Na + O= 2Na2O2    2K + O= K2O2

      So’ngra bu peroksidlarga  metall ta’sir ettirilib oksidlarga aylantiriladi:

          Na2O2 + 2Na = 2Na2O         K2O2  + 2K = 2K2O

      Tuzlarni yoki gidroksidlarni parchalash jarayonida ham asosli oksid hosil bo’ladi:

      Cu(OH)= CuO + H2O    CaCO= CaO + CO2        MgCO= MgO + CO2    

      Murakkab moddalarni qizdirishda ham asosli oksidlar hosil boladi:

           (СuOH)2CO3 = 2CuO + CO2 + H2O

      Asosli oksidlarning kimyoviy xossalari

      Asosli oksidlar suvda eriganda asoslar hosil bo’ladi:

            Na2O + H2O = 2NaOH         K2O + H2O = 2KOH

                    BaO + H2O = Ba(OH)2

      Asosli oksidlar kislotali oksidlar bilan ta’sirlashib tuzlar hosil qiladi:

             СaO + CO= CaCO3    CuO + SO= CuSO4

                        3MgO + P2O= Mg3(PO4)2

      Asosli oksidlar kislotalar bilan ta’sirlashadi:

             СuO + H2SO4 = CuSO4 + H2O    MgO + 2HNO3 = Mg(NO3)2 + H2O

        Kislotali oksidlar. Oksidlariga kislotalar to’g’ri keladigan oksidlar kislotali oksidlar deyiladi.Kislotali oksidlar metallmaslarning oksidlari  va ba’zi bir metallarning yuqori valentli oksidlari ham kislotali oksidlar hisoblanadi (СrO3; Mn2O7 ;MnO3).

           Har bir kislotali oksidga kislota to’g’ri keladi:

SO2   H2SO3      SO3  H2SO4         N2O3 HNO2       N2O5  HNO3

P2O5   H3PO3     P2O5   HPO3            P2O5 H3PO4    P2O5  H4P2O7           Cl2O  HClO    Cl2O3  HClO2         Cl2O5 HClO3   Cl2O7  HClO4        CrO3  H2CrO4    CrO3  H2Cr2O7        SiO2  H2SiO3   Mn2O7  HMnO4        B2O3  HBO2      B2O3   H2B4O7       B2O3 H3BO3    CO2  H2CO3

     Odatda kislotali oksidlarni suv bilan o’zaro ta’siridan kislotalar hosil bo’ladi. Faqat kremniy(1V) oksidgina suv bilan o’zaro ta’sir etmaydi.

      SO+ H2O = H2SO3                 SO+ H2O = H2SO4

      P2O+ 3H2O = 2H3PO3      P2O+ 3H2O = 2H3PO4

         N2O+ H2O = 2HNO2         N2O+ H2O = 2HNO3

      CO+ H2O = H2CO3            Cl2O + H2O = 2HClO

      Cl2O+ H2O = 2HClO2      Cl2O+ H2O = 2HClO3

         Cl2O+ H2O = 2HClO4      SiO+ H2O = ?

     Kislotali oksidlar ishqorlar ta’sirida tuzlar hosil qiladi:

      2NaOH + CO= Na2CO+ H2O         2KOH + SO= K2SO+ H2O

      6NaOH + P2O= 2Na3PO+ 3H2O      Ca(OH)+ N2O5 = Ca(NO3)+ H2O

      2KOH  + Cl2O= 2KClO+ H2O        Ba(OH)+ N2O= Ba(NO2)+ H2O

      CrO+ 2NaOH = Na2CrO+ H2O     2KOH + Mn2O= 2KMnO+ H2O

       Ma’lum sharoitda kislotali oksidlar tuzlar bilan ta’sirlashadi:

       СаСО3 + SiO= CaSiO+ CO2   3CaCO+ P2O= Ca3(PO4)+ 3CO2

           Amfoter oksidlar.  Amfoter oksidlar bir paytning o’zida ham kislota ham asos hosil qiladi. Bunday oksidlar ikki yoqlama xossaga ega.

          H2ZnO2                 Cr(OH)3         Al(OH)3         

            ZnO                Cr2O3                   Al2O3

          Zn(OH)2               HСrO2           HAlO2                           

           H2BeO2          Mn(OH)4         Sn(OH)2

             BeO                MnO2             SnO

          Be(OH)2          H4MnO4          H2SnO2

      Amfoterlik xossalari  SnO, PbO,GeO  va MnOda ham kuzatiladi.Amfoter oksidlar ham kislotalar bilan va ham asoslar bilan o’zaro ta’sirlashadi va mos kislotalarining tuzlarini hosil qiladi:      

  ZnO + 2HCl = ZnCl+ 2H2O    ZnO + 2NaOH = Na2ZnO+ H2O         

                     

  Al2O+ 6HCl = 2AlCl+ 3H2O   Al2O2NaOH = 2NaAlO2 + H2O

     Betaraf oksidlar.Bunday oksidlar qatoriga indifferent, ya’ni tuz hosil qilmaydigan oksidlar kiradi.Ushbu oksidlar kislota ham asos ham hosil qilmaydi.Betaraf oksidlarga  CO, NO,N2O, SiO kabi oksidlar kiradi.     

      Asoslar. Elektrolit sifatida asoslarning dissosilanishida metall kationi va gidroksil anioni hosil bo’ladi.Agar asos ko’p kislotali bo’lsa  dissotsilanish bosqichli boradi.

       KOH = K+ + OH-        NaOH = Na+ + OH-

       Ca(OH)= Ca2+ + 2OH-     Mg(OH)= MgOH+ OH-

       Al(OH)= Al(OH)2+       MgOH+=  Mg2+  + OH-

       Al(OH)2= AlOH2+ + OH-

       AlOH2+ = Al3+ + OH-         

          Kislotalar. Kislotalar eritmada dissotsilanib vodorod kationlarini hosil qiladi.Agar kislota ko’p asosli bo’lsa bunday dissitsilanish jarayoni bosqichli boradi:

     HCl=H++Cl-           HNO3=H++NO3-  HclO4=H++ClO4-

       H2SO4= H++SO42-            H3PO4=H++HPO42-

     HSO4-= H++SO42-            HPO42-=H++PO43-

    Kislota eritmalari nordon ta’mli bo’lib ,lakmus indikatorini qizil rangga kiritadi.Fenolftalein indikatori kislotalar ishtirokida o’z rangini o’zgartirmaydi.

     Tuzlar. Tuzlar beshga bo’linadi:o’rta tuzlar,nordon tuzlar,asosli,qo’sh va kompleks tuzlar.

      O’rta tuzlar tarkibiga ko’ra faqat metall atomi va kislota qoldig’idan tuzilgan. Ular to’la dissotsilanadi.Shuning uchun ular dissotsilanganda faqat metall kationlari va kislota qoldig’i anionlari hosil bo’ladi:

  NaCl=Na++Cl-          K3PO4= 3K++PO43-                          

   CuSO4=Cu2++ SO42-          Fe2(SO4)3=2Fe3++3SO42-           

  Al(NO3)3=Al3++SO42-          Na2SO4=2Na++SO42-

  FeCl3=Fe2++3Cl-       MgSO4=Mg2++SO42-                          

                 K4P2O7=4K++P2O74-

     Nomlanishi.Nomlashda avval metall, keyin kislota qoldig’i aytiladi. CuSO4 –mis(11) sulfati;

Al(NO3)3 – alyuminiy nirati; Fe2(SO4)3- temir(Ш)sulfati;  K4P2O7-kaliy difosfati yoki kaliy pirofosfati; FeSO4  - temir (П) sulfati va hokazo. Ba’zan tarixiy nomlashlar ham uchraydi. AgNO3 kumush nitrat yoki lyapis; Na2CO3 – natriy karbonat yoki soda;

Nordon tuzlar. Bunday tuzlar tarkibida metall atomi ,vodorod atomi va kislota qoldig’i bo’ladi.Nordon tuzlar ko’p asosli kislotalardan hosil qilinadi.Agar tuz hosil qilish uchun olingan kislota tarkibida faqat bitta vodorod atomi bo’lsa undan nordon tuz hosil bo’lmaydi.Nordon tuzlar quyidagi kislotalardan hosil bo’lishi mumkin:

 

Kislotalar           Kislota             Nordon              tuzlarning

                   Qoldig’i            tuzlar                nomlanishi

H2CO3            HCO31                      NaHCO3              Natriy gidrokarbonat          

H2S      HS1             KHS       Kaliy girosulfid

H2SO           HSO31                       NaHSO3          Natriy gidrosulfit

H2SO4            HSO41                      KHSO4           Kaliy gidrosulfat

H3PO4            H2PO41                      NaH2PO      Natriy digidrofosfat

                       HPO411                      Na2HPO      Natriy gidrofosfat

H4P2O          H3P2O71                       KH3P2O7       Kaliy trigidrodifosfat

                      H2P2O711                     K2H2P2O7      kaliy digidrodifosfat

                       HP2O7Ш                       K3HP2O7      kaliy gidrodifosfat

 

 Nordon tuzlarning dissotsilanishi bosqichli boradi. Eritmada metall kationi, kislota qoldig’i anioni va vodorod kationi mavjud bo’ladi.

KHCO3«K++HCO3-   Na2HPO4«2Na++HPO42-     H2PO4-   «Na++H2PO4-

 HCO3-« H+ +CO3-      HPO42-«H+ +PO43-                         H2PO4-«H+ + HPO42-

                             HPO42-«H+ +PO43-         

                                                                    

CaHPO4«Ca2++HPO42-        Ca(H2PO4)2«Ca2++2H2PO4-

  HPO42-«H++PO43-          H2PO4-  «H+ +HPO42

  NaHS«Na+ +HS  

  HS-« H+ +S2-              

Nordon tuzlarning olinishi .  Nordon tuzlarni olishda ko’p asosli kislotalarga kuchli asoslar ta’sir ettiriladi.Reaksiyada kislotalar mo’l miqdorda olinadi.Reaksiya bosqichli borib avval nordon tuzlar keyin esa o’rta tuzlar olinadi.

КОН+H2S=KHS+H2O;       NaOH+ H2SO4=NaHSO4+H2O

    Mo’l                      mo’l

KHS+KOH=K2S+H2O       NaHSO4+NaOH=Na2SO4+H2O     

  Ca(OH)2+H3PO4=Ca(H2PO4)2+H2O           

                      mo’l                             

        Ca(H2PO4)2+Ca(OH)2=CaHPO4+H2O

        CaHPO4+Ca(OH)2  = Ca3(PO4)2+H2O

        KOH+H4P2O7=KH3P2O7+H2O

                       mo’l

        KH3P2O7+ KOH=K2H2P2O7+ H2O

   K2H2P2O7+KOH=K3HP2O7+H2O

        K3HP2O7+KOH=K4P2O7+H2O

       Ca(OH)2+2H2SO4=Ca(HSO4)2+2H2O                                 

                           mo’l

       Сa(HSO4)2+Ca(OH)2=CaSO4 +H2O

Nordon tuzlarni grafik formulasi yozish uchun shu tuz hosil qilgan kislotani grafik formulasini yozib olish kerak. So’ngra kislota qoldig’ini aniqlash va uni asosida nordon tuzni grafik formulasini yozish kerak.Oxirida shu kislota qoldig’iga metall atomi qo’yiladi.

Asosli tuzlar.Bunday tuzlar tarkibida metall atomi, gidroksil guruhi va kislota qoldig’i bo’ladi.Asosli tuzlar bir kislotali asoslardan hosil bo’lmaydi.Ularni tarkibida metall atomi gidroksil guruhi va kislota qoldig’i mavjud bo’ladi.Bunday tuzlar quyidagi asoslardan olinishi mumkin:

Asosli          Asosli           Asosli             

Tuzning

                    Qoldiq            tuz                          nomlanishi        

Mg(OH)2         MgOH1        MgOHCl            magniygidroksi xlorid

Сu(OH)2         CuOH1         CuOHNO3           misgidroksi(11) nitrat

Al(OH)3       Al(OH)2    Al(OH)2NO3        alyuminiydigidroksi nitrat

                     AlOH11        AlOH(NO3)2        alyuminiygidroksi nitrat

                                          AlOHSO          alyuminiygidroksi sulfat

                                        |Al(OH)2|2SO4             alyuminiydigidroksisulfat

Cr(OH)3       Cr(OH)21    Cr(OH)2 NO3     xromdigidroksi(111) nitrat

                      CrOH11       CrOH(NO3)2         xromdidroksi(111) nitrat

Fe(OH)3     Fe(OH)21       |Fe(OH)2|2SO4      temirdigidroksi(111) sulfat    

                      FeOH11        FeOHSO           temirgidroksi(111) sulfat

Mg(OH)       MgOH1            (MgOH)3PO4    magniygidroksi fosfat

     

Asosli tuzlarning dissotsilanishi.Bunday tuzlarning dissotsilanishi bosqichli borib ,metall kationlari, gidroksil anioni  va kislota qoldig’i anioni hosil bo’ladi:

CuOHCl «CuOH+ + Cl-              (CuOH)2SO4 « CuOH+ +SO42-    

CuOH+ «Cu2++OH-                                CuOH2+  «Cu2+ + OH-

   AlOHSO4 «AlOH2+ + SO42-           |Al(OH)2|2SO4 « 2Al(OH)2++ SO42-

    AlOH2+ «Al3++OH-         2Al(OH)2+« AlOH2+ +SO42-                                        

   AlOH2+ «Al3++OH-

    Asosli tuzlarning olinishi.Кuchsiz va ko’p negizli asoslarga kuchli kislotalar ta’sir ettiriladi va bu reaksiyalarda asoslar mo’l miqdorda olinadi:

         Cu(OH)+  HCl= CuOHCl  + H2O

          Mo’l

         CuOHCl +  HCl= CuCl2+ H2O

         Al(OH)3  + HCl= Al(OH)2Cl +H2O

          Mo’l

         Al(OH)2Cl+HCl= AlOHCl2   + H2O

       AlOHCl2  +HCl= AlCl3  + H2O

      2Al(OH)3 + H2SO4 =|Al(OH)2|2SO4 + 2H2O

       2 |Al(OH)2|2SO4+ H2SO4=2AlOHSO  + 2 H2O

      2AlOHSO4+ H2SO4=Al2(SO4)+ 2H2O

     2 Mg(OH)2 + H2SO4= (MgOH)2SO4 + 2H2O

       Mo’l

      (MgOH)2SO4 + H2SO4= 2MgSO4 + 2H2O

    Qo’sh tuzlar.Тarkibida  bir paytni o’zida ikkita har xil metall ushlab turadi.Qo’shaloq tuzlar ko’p asosli kislotalardagi vodorod atomlarini har xil metallarga almashinishi tufayli hosil bo’ladi.

                 H2SO   NaKSO4

                 H3PO4     NaKLiPO4

                 H2SO4   KCr(SO4)2

Qo’sh tuzlar dissosilanishida turli metall kationlari va kislota qoldig’i anioni hosil bo’ladi:

  NaKSO4 Û Na+ + K+ +SO4 2-

NaKLiPO4Û Na+ +K++ Li+ + SO42-

KCr(SO4)2ÛK++ Cr3+ + 2SO42-

Olinishi.Ko’p asosli kislotalarga turli asoslarni bosqichli ta’sir etish kerak:

             NaOH+ H2SO4= NaHSO4+ H2O

             NaHSO4+KOH= NaKSO4+ H2O

             NaOH+ H3PO4=NaH2PO4 + H2O

             NaH2PO4+KOH=NaKHPO4+H2O

             NaKHPO4+LiOH= NaKLiPO4+ H2O

Kompleks birikmalar.Eritmada eriganda kompleks kation yoki kompleks anion hosil qiladigan murakkab moddalar kompleks birikmalar deyiladi.Kompleks birikmalarning hosil bo’lishida quyidagilarga e’tibor berish kerak:

1.Kompleks birikmalar tarkibida kompleks hosil qilivchi ion mavjud bo’ladi.Kompleks hosil qiluvchi ion d-elementlar yoki metallar bo’ladi.

    2.Kompleks hosil qiluvchi ion tarkibiga yopishgan neytral molekulalar yoki ionlar ligandlar deyiladi.Ligandlar neytral molekulalar (NH3   yoki  H2O). Ba’zan kompleks hosil qiluvchi ionlarga kislota qoldiqlari va gidroksil guruhlari kirib ,ular anionlar(SO42-; NO3-;CO32-; CN-; Cl-; OH-) bo’lishi mumkin.

    3.Kompleks hosil qiluvchi ionlar soni koordinasion son deyiladi.Kompleks hosil qiluvchi ion va ligandlar ichki sferani hosil qiladi.Ichki sferaga kirmagan ionlar tashqi sferada turadi.Ichki sferani zaryadi ligandni turiga qarab musbat yoki manfiy bo’lishi mumkin.

  1. Agar ichki sferada neytral ligandlar tursa ichki sfera musbat zaryadga ega bo’ladi:        

  |Сu(NH3)2|Cl ; |Cu(NH3)4|SO4; /Cr(H2O)6/Cl;  

               |Fe(NH3)6|Cl3

 5.Agar ichki sferada anionlar tursa ,bunda ichki sfera zaryadi manfiy zaryadga ege bo’ladi:

 Na2|Сu(СN)2|; K2|Cu(CN)4|; Na3|Cr(OH)6|;  K3|Fe(CN)6|

  K3|Cr(OH)6|; Na3|Al(OH)6|; K|Au(CN)2|      

                          Na|Ag(CN)2|

      Kompleks birikmalar bosqichli dissotsilanadi.Birinchi galda ionlanish ichki va tashqi sferaga ajralish bilan boradi.

|Сu(NH3)2|Cl Û |Сu(NH3)2|+ + Cl

|Сu(NH3)2|+    Û     Сu2++ 2NH3

|Cr(H2O)6|Cl3Û |Cr(H2O)6|3++  3Cl-   

|Cr(H2O)6|+ Û   Cr3+ +6H2O

Ba’zi bir komplekslar ichki sferaga ega bo’lmaydi.ularning ichki sfera zaryadi nolga teng.

 |Сr(OH)3Cl3|; Pt(NH3)2Cl2|;  |Fe((NH3)3Cl3|

Kompleks birikmalarning olinishi turli kimyoviy jarayonlarda sodir bo’ladi:

 AgCl+2NH3 = | Ag(NH3)2|Cl

 AgNO2 +  KNO2 = K|Ag(NO2)2

 Аl(OH)3+3KOH=K3|Al(OH)6                   

 Zn(OH)2+2KOH= K2|Zn(OH)4|

 Ag(CN)2+NaOH=Na|Ag(CN)|2                   

 Cu(CN)2+2KOH= K2|Cu(CN)4|

CuSO4+ 4NH4OH=|Cu(NH3)4|SO4 

 I2  +KI= K|I3|

Kompleks birikmalar hosil bo’lishida cho’kma tushadi. Ba’zan cho’kmalar eritmaga o’tadi.Ko’pincha bu reaksiyalarda rang o’zgarihi yaqqol ko’rinadi.

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan