Barcha kimyoviy jarayonlar issiqlik chiqishi yoki yutilishi bilan ro’y beradi. Kimyoviy reaksiyalarda ajralib chiqadigan yoki yutiladigan issiqlik miqdori reaksiyaning issiqlik effekti deyiladi. Issiqlik chiqishi bilan boradigan reaksiyalar ekzotermik, issiqlik yutilishi bilan boradigan reaksiyalar endotermik reaksiyalar deyiladi.
Reaksiyalarning issiqlik effektlarini o’rganadigan bo’lim termokimyo deyiladi. Issiqlik effektlari ko’rsatilgan reaktsiyalar termokimyoviy tenglamalar deb ataladi. Reaksiyaning issiqlik effekti moddalarning fazoviy holatiga, sharoitga bog’liq. Reaksiyalarning issiqlik effektlari bir xil standart sharoitda o’rganiladi. Standart sharoit deganda 298 K(250C) harorat va 101,325 kPa bosim tushuniladi. Termokimyoviy tenglamalarda moddalarning agregat holatlari ko’rsatiladi,
bunda kasrli koeffitsientlar ham ishlatish mumkin.
2H2(g) + O2(g) = 2H 2O (s) + 571,6 kJ
H 2(g) + 1/2O2(g) = H2O(s) + 285,8 kJ
H 2(g) + 1/2O2(g) = H2O (g) + 241 kJ
N 2(g) + O2(g) = 2NO (g) - 180,5 kJ
1/2N2(g) O + 1/2O2(g) O = NO (g) - 90,25 kJ
Termokimyoning asosi G.I.Gess qonunidan iborat bo’lib, u quyidagicha ta’riflanadi:
Reaksiyaning issiqlik effekti reaktsiyada ishtirok etuvchi moddalarning boshlang’ich va oxirgi holatlarigagina bog’liq bo’lib, jarayonning qaysi usulda (soni va tabiatiga) olib borishga bog’liq emas.
Reaksiyaning issiqlik effekti sistema ichki energiyasi va entalpiyasi o’zgarishi natijasidir. Sistemaning ichki energiyasi uni barcha energiyalari yig’ndisi bo’lib unga moddani tashkil etgan atom va molekulalarning ilgarilanma, aylanma harakatlari hamda yadro va elektronlarning energiyalari va hokazo barcha energiyalar yig’indisidan iborat. Ichki energiyaning mutloq qiymatini o’lchab bo’lmaydi, faqat uning o’zgarishi ( DU) ni o’lchash mumkin. Termodinamikaning I qonuniga muvofiq sistemaning ichki energiyasi atrof muhit bilan issiqlik almashinuvi bo’lguniga qadar o’zgarmas bo’ladi. Agar sistemaga tashqaridan qo’shimcha issiqlik energiyasi (Q) berilsa, sistema bir holatdan ikkinchi holatga o’tadi. Yutilgan issiqlik miqdori sistema ichki energiyasining o’zgarishiga va tashqi kuchlarga qarshi bajarilgan ishning yig’indisiga teng bo’ladi:
Q = (Q2 –Q1)=DU + A DU = U2 - U1
Bajarilgan ish esa, sistema bosimi doimiyligida p=const
A = PDV = P(V2 –V1)
Q p = DU + P(V2 –V1) = U2-U1 + P(V2 –V1) =
=(U2 + PV2) - (U1 + PV1) = H2 - H1
Qp = H2 - H1 = DH
U + PV =D H
D H - kattalik entalpiya deb ataladi.
Entalpiyani kengaygan sistemaning energiyasi deyish mumkin. O’zgarmas bosimda boradigan kimyoviy reaktsiyaning issiqlik effekti sistema entalpiyasining o’zgarishiga teng.
O’zgarmas hajmda boradigan jarayonlar uchun jismga beriladigan issiqlik miqdori uning ichki energiyasini o’zgarishiga sarf bo’ladi:
Qv = H2 - H1 = DH
Qp = DH
Ekzotermik jarayonlarda sistemaning ichki energiyasi va entalpiyasi kamayadi, shu sababli
DU < 0; DH < 0 bo’ladi.
Endotermik jarayonlarda esa sistemaning ichki energiyasi ortadi, shu sababli
DU > 0 ; DH > 0.