Termokimyoviy hisoblashlarda moddalarning standart hosil bo’lish issiqligi (entalpiyasi) tushunchasi ishlatiladi. Standart sharoitda 1 mol murakkab moddaning oddiy moddalardan hosil bo’lish reaksiyasining issiqlik effekti shu moddaning hosil bo’lish issiqligi (DHo h/b issiqligi) deyiladi. Bunda moddaning agregat holatini ko’rsatishi zarur.
Masalan: H2(g) + 1/2O2(g) = H2O (s) DHo h/b issiqligi = - 286 kJ/mol
N2(g) + 1/2O2(g) = H2O (g) DHo x/b issiqligi = - 241 kJ/mol
Oddiy moddalarning h/b issiqliklari nolga teng. Yuqorida ta’rifi keltirilgan Gess qonunidan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:
1) reaksiyaning issiqlik effekti reaksiya mahsulotlari h/b issiqliklari yig’indisidan dastlabki moddalarning h/b issiqliklari yig’indisining ayirmasiga teng.
DHo reasya = DHo h/b issiqligi.mah. - DHo h/b issiqligi dast.moddalar
Misol: Al2O3(k) + 3SO3(g) = Al2 (SO4 )3(k)
Reaksiyaning issiqlik effektini hisoblang.
DHo x/b issiqligi Al2O3(k) = - 1675,1 kJ/mol
DH ox/b issiqligi SO3 gaz = - 396,1 kJ/mol
DH ox/b issiqligi Al2(SO4)3 = - 3434,0 kJ/mol
DHoreaksya =(DHoh/b issiqligi Al2(SO4)3) - (DHo x/b issiqligi Al2O3+ 3DH ox/b issiqligi SO3 ) = - 3434 - [-1675,1 + 3(-396,1)] = - 570,6 kJ/mol
2) Kimyoviy reaksiyaning issiqlik effekti reaksiyaga kirishuvchi moddalar yonish issiqlik effektlari yig’indisidan reaksiya mahsulotlari yonish issiqlik effektlari yig’indisini ayirmasiga teng.
Yonish issiqligi deb 1 mol moddani oddiy oksidlargacha yonishida ajraladigan issiqlik miqdori tushuniladi.
DH oreaksya =DH oyonish is.dastl.moddalar-DH oyonish iss.maxsulotlar
Kislota va asos reaksiyaga kirishib, 1 mol suv hosil bo’lishida ajralib chiqqan issiqlik miqdori neytrallanish issiqligi deyiladi.Kuchli kislota va kuchli asoslarning suyultirilgan eritmalari reaksiyaga kirishganda neytrallanish issiqligi standart sharoitda o’zgarmas qiymatga ega.
2NaOH(S)+H2SO4(S) = Na2SO4(S) + 2H2O DH oneytrallanish = - 57,5 kj/mol
Ko’pdan ko’p moddalarning standart sharoitdagi hosil bo’lish va yonish issiqliklari jadvallarda berilgan bo’ladi.Shu qiymatlar asosida juda ko’p jara’yonlarning issiqlik effektlarini hisoblash mumkin.
1)erish jarayoni
FeCl3 (k) + aq ® Fe 3+(eritma) +3Cl-(eritma)
-339,50 -46,37 -166,81
DHo=|(-46,37+3(-166,81)|-(399,5)=-147,30 kJ/mol
2)fazaviy o’zgarishlar jara’yoni uchun
Na(k) ® Na(g)
O 108,3
DHo =108,3- 0 = 108,3 kJ/mol
3)Ikki atomli molekulalarning atomlarga parchalanih jarayoni uchun
Cl2 (g) ®2Cl(g)
0 2(121,3)
DHdissotsilanish= 2(121,3)-o=242,6kJ/mol
4) ionlanish jarayoni uchun
H(g)® H+ + e-
217,98 1536,2
DHionlanish= 1536,2- 217,98=1318.22kJ/mol