Mikrozarrachalarga betartib harakat xosdir. Faraz qilaylik,biriga azot ikkinchisiga kislorod to’latilgan ikki idish bir-biri bilan tutashtirilgan bo’lsin. Kran ochilsa, gazlar bir-biri bilan aralasha boshlaydi. Aralashish azot va kislorod ikkala idishda bir tekis taqsimlanguncha davom etadi. Bu jarayon hech qanday energiya o’zgarishisiz o’z o’zidan sodir bo’ladi. Lekin teskari jarayon ya’ni gazlarning qaytatdan kislorod va azotga ajralishi o’z-o’zidan sodir bo’lmaydi. Chunki gazlar aralashib ketganda ularning betartibligi katta bo’ladi, ajralgan holat esa tartibli holatdir.
Har qanday sistema o’zining betartibligini oshirishga intiladi. Tartibsizlikning miqdor o’lchovini belgilaydigan holat funktsiyasi entropiya deyiladi va S bilan belgilanadi. Moddaning entropiyasi moddaning shu holatda turish ehtimolligining logarifmiga to’g’ri proportsionaldir.
DS = k lnW
Bu tenglama Bolsman tenglamasi deyiladi. k - Bolsman doimiysi.W - shu holatning ehtimolligi.
Entropiyaning mutloq qiymatini o’lchab bo’lmaydi. Faqat sistema bir holatdan ikkinchi holatga o’tgandagi entropiya o’zgarishini o’lchash mumkin. Izolirlangan sistemada entropiyaning o’zgarishi DS quyidagi formula bilan ifodalanadi.
DS = R ln 2 holatdagi tartibsizlik/ 1 holatdagi tartibsizlik
Entropiyaning o’lchov birligi - j/mol*K.
Modda qattiq holatdan suyuq holatga, suyuq holatdan gaz holatga o’tganda uning entropiyasi ortadi. Bunda entropiya o’zgarishini:
DS = DQ/T formula bilan hisoblanadi.
DQ –issiqlik miqdori o’zgarishi;
T-absolyut temperatura.
Misol: 1 mol muzning erishida entropiya o’zgarishini aniqlang. Q - muzning erish issiqligi, 6016,432 j/mol
DS = 6016,432/273,15= 22 j/mol
T = 273,15
Sistema hajmi ortsa, uning entropiyasi ortadi.
1) C(k) + CO2(g) = 2CO (g)
1v 1v 2v
DS1 DS2 DS2 > DS1 demak, DS > 0
2) N 2 + 3H2 = 2NH3
1v 3v 2v
4v = 2v
Sistemaning hajmi kamayyapti, ya’ni entropiyasi kamayayapti DS < 0
3) Agar reaktsiyada sistemaning hajmi o’zgarmasa, uning entropiyasi ham o’zgarmaydi.
H2 + Cl2 = 2HCl
1v 1v 2v DS = 0
Kimyoviy jarayonlarning o’z-o’zidan sodir bo’lishiga ikki narsa ta’sir qiladi. 1-dan sistema o’zining energiyasini kamaytirishga intiladi. Zarrachalar o’zaro birikib yirik zarrachalar hosil qilishga intiladi. Chunki ko’p birikish reaktsiyalari ekzotermik reaktsiyalardir.
2H2 + O2 = 2H2O + Q
CaO + H2O = Ca(OH)2 + Q
Bu reaksiyalar to’g’ri yo’nalishda boradi, chunki bunda sistemaning entalpiyasi kamayadi DS < 0.
2-dan yirik zarrachalar parchalanishga intiladi, chunki bunda ularning entropiyasi ortadi.
2NH3 = N 2 + 3H2
2v 1v 3v
Har ikkala faktorni reaksiya yo’nalishiga ta’sirini o’zida mujassamlashtirgan holat funksiyasi Gibbs energiyasi deb ataladi va D G harfi bilan belgilanadi. U entalpiya va entropiya bilan quyidagicha bog’langan:
D G = D H - T DS
Izobar-izotermik jarayonlarda Gibbs energiyasining o’zgarishi DG
(izobar-izotermik potentsial)
DG = DH - T DS G = H - T S
formula bilan aniqlanadi.
P = const, T = const bo’lganda kimyoviy reaksiyalar Gibbs energiyasi kamayadigan tarafga o’z-o’zidan boradi.
1) DG < 0 bo’lsa, reaksiya to’g’ri yo’nalishda boradi.
2) DG > 0 bo’lsa, reaksiya to’g’ri yo’nalishda o’z-o’zidan bormaydi.
3) DG = 0 bo’lsa, reaksiya kimyoviy muvozanat holatida bo’ladi.
Kimyoviy jarayonlarning o’z-o’zicha borishi quyidagi holatlarda sodir bo’lishi mumkin:a) agar jarayon ekzotermik bo’lsa
DH <0 bunda DG = - DH - T DS< 0 chunki T DS doim 0 dan katta bo’ladi.
DG = DH - T DS <0 Entalpiyaning ortishi temperatura o’zgarishi bilan boshqariladi.Odatda bu jara’yon gazlar ishtirokida amalga oshadi.
Agar DH > 0, lekin |DH| > T DS DG = - DH - T DS > 0 izobar –izotermik potensial qiymati noldan katta bunda jara’yon o’z-ozicha amalga oshmaydi.
Standart sharoitda I mol moddani oddiy moddalardan hosil bo’lish standart Gibbs energiyasi DGoh/b bilan belgilanadi.Ayni jarayon uchun standart Gibbs energiyasini o’zgarishi mahsulotlarning standart Gibss energiyalari yig’indisidan dastlabki moddalarning Gibbs energiyalari yig’indisini ayirmasiga teng bo’ladi.
DGo h/b = DGoh/b mahsulotlar yug’indi - DGo h/b dastlabki moddalar yig’indi
Masalan CO(g)+ H2O(g) = CO2(g) + H2(g)
-137,176 -228,66 -394,47 O
DGo h/b= |(-394,47+0)-(-137,16+(-228,66)|= -28,634kJ/mol
DGo h/b ning qiymati jarayonning o’z-o’zicha borish ehtimolligini ko’rsatadi. Lekin jarayonning tez yoki sekin borishini baholashga imkon bermaydi.