Reaksiyalarning molekulyarligi va tartibi


 Kimyoviy reaksiyada ishtirok etayotgan molekulalar soni  reaksiyaning molekulyarligini belgilaydi.Kimyoviy reaksiyalar molekulyarligi bo’yicha  monomolekulyar, bimolekulyar va tri molekulyar  reaksiyalarga bo’linadi. Uchtadan ortiq zarrachalarning bir paytni o’zida to’qnashishi deyarli sodir bo’lmaydi.

         Massalar ta’sir qonunini qo’llaganda  reaksiya konsentrasiyaning nechanchi darajasiga bog’liqligini ko’rsatuvchi son reaksiyaning tartibini ko’rsatadi.

         Bir molekulyarli reaksiyalar:

        J2  = J + J                           V = k [J2]

     

     Ikki molekulyarli reaksiyalar:

        H2  + J2  = 2HJ                 V = k[H2][J2]

     Uch molekulyarli reaksiyalar:

        2NO + Cl2  =2 NOCl               V = k  [NO] 2[Cl]

       Reaksiyaning molekulyarligi va tartibi  o’zaro, agar reaksiyaga kirishuvchi moddalardan biri juda ko’p miqdorda olinsa (masalan saxarozaning gidrolizi) va faqat bir moddaning konsentrasiyasi o’zgarsa  molekulyarlik va tartib mos kelmaydi.Hatto nolinchi tartibli reaksiyalar ham uchraydi.Ularda kimyoviy reaksiya konsentrasiyaga bog’liq bo’lmaydi.

     Kimyoviy reaksiyalarni  oddiy  va  murakkab reaksiyalarga bo’lish mumkin. Agar reaksiya faqat bir bosqichda borsa,  oddiy reaksiya deyiladi. Parchalanish reaksiyalari oddiy reaksiyalarga misol bo’ladi.

     Ko’pchilik reaksiyalar murakkab reaksiyalar bo’lib, ular bir necha bosqichda sodir bo’ladi.  Murakkab reaksiyalar parallel,  ketma-ket, tutash, zanjir reaksiyalarga bo’linadi.

       Parallel reaksiyalar   bir  vaqtning  o’zida bir necha yo’nalishda

boradi.                         

                                      ┌─ 2KCl + 3O2

                  6KClO 3  =

                                      └─ 3KClO 4  + KCl

      Ketma-ket reaksiyalar  bosqichma-bosqich boradi:

                  H3PO4 + NaOH = NaH2PO4 + H2O

                  NaH2PO4 + NaOH = Na2HPO4  + H2O

                  Na2HPO4 + NaOH = Na3PO+ H2O

      Tutash reaksiyalarda ikki reaksiyadan biri ikkinchisining  borishini ta’minlaydi. Masalan: HJ bilan H2CrO4 o’zaro reaksiyaga kirishmaydi. Lekin ularga ozroq FeO

 qo’shilsa, FeO oksidlanishi bilan birga HJ ham oson oksidlanadi.

             6FeO + 2H2CrO4 = 3Fe2O3 + Cr2O3 + 2H2O

             6HJ + 2H2CrO4 = 3J2 + Cr2O+ 5H2O

      Zanjir reaksiyalar  bir-biri bilan ulangan ketma-ket, parallel, tutash reaksiyalar tizimidan tashkil topgan hamda  erkin  radikallar ishtirokida  boradigan  bosqichlardan  iborat reaksiyalardir.                            

Vodorod va xlordan vodorod xlorid hosil bo’lish reaksiyasi eng oddiy

zanjir reaksiyaga misol bo’ladi.

                     

                 Cl 2            ®        2Cl*

                 H+ Cl*   ®     HCl + H*

                 Cl2 + H*     ®        HCl + Cl*

 

                                                   KATALIZ

     Kimyoviy reaksiyalarning tezligi na faqat kontsentrasiya va  haroratning ortishi  bilan  emas    balki katalizator qo’shish bilan ham ortadi. Kimyoviy reaksiyaning tezligini oshirib,  o’zi  reaksiya  mahsulotlari tarkibiga kirmaydigan moddalar katalizatorlar deyiladi. Katalizator ishtirokida reaksiyaning tezligini ortishi  kataliz  deyiladi. Kataliz 3 xil bo’ladi: 1) gomogen, 2) geterogen, 3) fermentativ.

     Gomogen katalizda katalizator va reaksiyaga kirishuvchi  moddalar bitta fazada (gaz yoki suyuq) bo’ladi. Masalan:

                                                H2SO4(s)

    CH3COOH (s)  + C2H5OH (s) ®   CH3COOC2H5(s)  + H2(s)

                                                    NO2(g)

                                SO2(g)  + O2(g)  ® 2SO3(g)

 

     Geterogen katalizda  katalizator va reaksiyaga kirishuvchi moddalar turli xil fazalarda bo’ladi. Masalan:

                                       Fe (k)

              N2(g)   + 3H2(g)    ®     2NH3(g)

                               MnO 2(k)

              2H2O2(s)      ®      2H2(s)  + O 2(g)

 

     Fermentlar biologik katalizatorlar bo’lib,  organizmda  modda almashinuvida sodir  bo’ladigan turli reaksiyalarni boshqarib turadi.Fermentlar reaksiyaning borish sharoitiga ya’ni harorat, bosim, eritma muhiti  (pH)ning  ta’siriga  juda sezgirdir.  Kishi organizmida fermentlar ishtirokida 10 000 dan ortiq turli biokimyoviy  reaksiyalar sodir bo’ladi.  Organizmda saxarozaning oksidlanishi fermentlar ishtirokida million marta tezlashadi.  Hozirgi vaqtda pepsin, tripsin, ribonukleaza,  ureaza kabi ko’plab fermentlar kristall holda ajratib olingan.

     Katalizator ta’sirining mohiyati shundaki u faollanish energiya sini kamaytiradi, natijada reaksiya tezligi keskin ortadi. Masalan A va B moddalar orasidagi reaksiya tezligi kichik,  chunki faollanish energiyasi (Ea) katta.  Agar katalizator ishlatilsa, u reaksiyaga kirishuvchi moddalardan  birortasi bilan oraliq birikma hosil qiladi.

reaksiyalarning faollanish  energiyalari  kichik,  shu sababli reaksiya tezllashadi. Bu jarayonlarni quyidagi tasvirlash mumkin:

               sekin          tez

  1. A + B      ®     A...B      ®       AB         sekin

                    faollashgan

                    kompleks

          tez        tez         tez         tez

  1. A+ K ®     A...K®       AK + B ®      AK...B ®     AB + K     tez

    faollashgan      oraliq        faollashgan

    kompleks        mahsulot    kompleks

      

 

Katalizator reaksiyaning issiqlik effektini o’zgartirmaydi.To’g’ri va teskari reaksiyalarnibir xilda tezlashtirib kimyoviy  muvozanat hosil bo’lishini

tezlashtiradi.

                           

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan