ERITMALAR


  Ikki va undan ortiq komponentlardan va ularning o’zaro ta’sir  mahsulotlaridan tashkil topgan gomogen sistemaga eritma  deyiladi. Eritmalar tirik organizmlar hayotida muhim ahamiyatga ega. Masalan qon,  limfa, va so’lak suyuqliklari eritmalardir.  Eritmalar  kimyoviy birikmalar  va  oddiy mexanik aralashmalar o’rtasida oraliq holatni egallaydilar.

     Eritmalar kimyoviy birikmalarga o’xshash bir jinsli ya’ni gomogen bo’ladi.

 Erish jarayoni kimyoviy reaksiyaga o’xshash issiqlik yutilishi yoki  chiqishi  bilan  ro’y  beradi. Eritmalar kimyoviy birikmalardan farq qilib tarkibi o’zgaruvchan bo’lib,  ham erituvchi ham erigan modda  xossalarini  namoyon  qiladi. Erigan  moddani erituvchidan fizikaviy usulda ajratib olish mumkin. Bu xossalari bilan eritma mexanik aralashmaga o’xshaydi. 

    Eritmaning yoki  erituvchining hajm yoki massa birligida erigan modda miqdoriga kontsentratsiya deyiladi.

     Eritmada erigan modda miqdori ko’p bo’lsa,  bunday eritma kontsentrlangan, oz bo’lsa, suyultirilgan eritma deyiladi. Kontsentrasiyani ifodalashning bir necha usullari mavjud.   

  1. Erigan modda massasining eritmaning umumiy massasiga nisbati erigan moddaning massa ulushi deyiladi.

                   m 1                                      m 1

         w  =  ----                     w %    =     --- 100%

                  m                                        m 2

 

           m 2 = m 1   +  m o

      w  - erigan modda massa ulushi

     m 1  - erigan  modda massasi, g

     m 2  - eritmaning massasi, g

     m  - erituvchining massasi, g.

  1. Bir litr eritmada erigan modda miqdoriga molyar kontsentrasiya deyiladi.

                  n                               m

          С  = ---       yoki      С = ------ ---

                  V                            M V

     С - molyar kontsentrasiya,

     m - erigan modda massasi, g

     M - erigan modda molyar massasi, g/mol

     n - erigan modda miqdori, mol.

     0,5 M NaOH – bu  ifoda molyar kontsentratsiyasi 0,5 mol/l  bo’lgan natriy gidroksid eritmasi ekanligini bildiradi.

  1. Bir  kilogramm  erituvchida  erigan modda miqdoriga molyal kontsentrasiya deyiladi.         n                                   m *1000

          Cm   = ---------                 Cm  =  ----------

                       m 0                                   M  q

     Cm - molyal kontsentrasiya, mol/kg

     m- erituvchi massasi, kg

     m  - erigan modda massasi, g

     M  - erigan modda molyar massasi, g/mol

     q  - erituvchi massasi, g

     n  - erigan modda miqdori, mol.

  1. Bir  litr eritmada erigan modda ekvivalent miqdoriga normal (ekvivalentning molyar) kontsentrasiya deyiladi.

 

 

                     m

            Cn = ----              E - erigan moddaning ekvivalent

                    E V                   massasi, g/mol.

 

     0,5n H 2SO -  bu  ibora  bir  litrda  0,5 ekvivalent miqdor (24,5g) H2SO4 bo’lgan eritmani ifodalaydi

  1. Erigan  moddaning molyar ulushi deb,  erigan modda miqdorining eritmadagi barcha moddalar miqdorlari  yig’indisiga  nisbatiga aytiladi.

                  n 1                                      n o

     N1=    ------                     N o    = -------

             n 1  + n o                              n 1  + no

         

    N 1  - erigan modda molyar ulushi,

     N0 - erituvchining molyar ulushi,

     n- erigan modda miqdori, mol,

     n o  - erituvchi miqdori, mol.

  1. Bir millilitr eritmada erigan modda grammlar soniga  titr deyiladi.                 

                        

                  CnE                                Cm M

          T = ------         yoki          T = ------

                 1000                                1000

     Eritmaning hajmi,  zichligi  va massasi quyidagicha o’zaro bog’liq:

                                m = d*V    

                    m - eritma massasi, g

                     V - eritma hajmi, ml

                      d - eritma zichligi, g/ml.

     Agar eritmaning  zichligi,  massa  ulushi ma’lum bo’lsa,  uning kontsentratsiyalarini quyidagi formulalar yordamida aniqlash mumkin.

 

                   w % d 10                              w% d 10

          C= ----------                  Cn     = ---------

                      M                                           E

 

                          w %  d  1000

          Cm   =    ------------------

                       M (100 -  w%)

     Dorixonalarda massa ulushlari ma’lum bo’lgan ikkita  eritmadan ma’lum  miqdor uchinchi massa ulushli eritmani tayyorlash uchun aralashtirish qoidasi ishlatiladi.  Bu qoidaga binoan birinchi ustunga mavjud ikkita eritmaning massa ulushlari yoziladi.  Tayyorlashimiz lozim bo’lgan uchinchi eritmaning massa ulushi mavjud eritmalar massa ulushlari  qiymatlari orasida bo’lishi shart,  ya’ni  w 1 > w 2 > w 3  .  2-ustunga tayyorlanishi kerak bolgan eritmaning  massa  ulushi (  w2)  yoziladi.

3-ustunga esa,  diagonal bo’yicha massa ulushlari orasigi farq yoziladi.  Ho’sil bo’lgan sonlar 1- va 2- eritmalarni  qanday  nisbatda aralashtirganda 3- eritma hosil bo’lishini ko’rsatadi.               

 

           w               w 3-  w 2

                     w 2

           w 3              w 1  -  w 2

 

 

     Misol: 360g   5%-li natriy  xlorid  eritmasini  tayyorlash  uchun 20%li va 2%li eritmalardan necha grammdan olish kerak?

     Echish:    20                   5-2=3             3x (20%)  18x = 360g.

                               5

                       2               20-5=15             15x (2%)    x = 20g.                      

 

     20%   li eritma massasi: 3x = 3  5. 0 20 = 60g

     2%     li eritma massasi: 15x = 15  5. 0 20 = 300g

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan