GIDRATLAR VA KRISTALLOGIDRATLAR


Erish jarayoni murakkab fizik-kimyoviy jarayondir.  Erigan modda  molekulalari  bilan  erituvchi  molekulalarining   oza’ro  ta’sirini solvatlanish deyiladi. Bu ta’sirlanish mahsulotlari esa solvatlar deyiladi. Agar erituvchi suv bo’lsa,  bu jarayon gidratlanish, mahsulot esa gidratlar deyiladi.

     Erituvchi va erigan modda tabiatiga bog’liq holda  solvatlarning hosil bo’lishi turlicha bo’lishi mumkin. Masalan: eriydigan modda ion tuzilishli (NaCl),  erituvchi esa qutbli tuzilishli (H2O) bo’lsa, erish jarayonini quyidagicha tasvirlash mumkin.

 

           NaCl+ nH2O  ®        ionlarning gitratlanishi       ®

 

 

                   H2O                                                                     H2O

                           

    ®  H2O

                Na+             H2O                                               H2O         Cl-            H2O                                         

                                                                                                                           

         H2O      H2O                                                                 H2O        H2O

   Erituvchi molekulalari bilan ion o’rtasida donor-aktseptor ta’sirlashuv bo’lishi mumkin. Masalan:

                         NH3 + H2O = NH4OH                     

     Spirtning suvda erishida esa dipol-dipol ta’sirlashuv  kuzatiladi.

     Qattiq moddaning erish jarayonini ikkita jarayonlarning  yig’indisi deb  qarash mumkin.  Birinchisi qattiq moddaning molekulalarga yoki ionlarga parchalanishi.  Bu jarayon endotermik  bo’lib,  issiqlik yutish bilan boradi.  Ikkinchisi - molekula yoki ionlarning suv bilan ta’sirlashib gidratlar hosil qilishi.  Bu jarayon  ekzotermik  bo’lib issiqlik ajralib chiqishi bilan boradi. Qaysi jarayonning ulushi kattaligiga qarab, qattiq modda eriganda issiqlik yutilishi yoki chiqishi mumkin. Ba’zi qattiq moddalar (KOH, NaOH) eriganda issiqlik chiqadi. Ba’zilari (NH4NO3 , NH4Cl)   eriganda esa issiqlik yutiladi.

     Gidratlar beqaror moddalar bo’lib,  oson parchalanadi. Eritmalar bug’latilganda,  ular parchalanib, erigan modda ajralib chiqadi. Ba’zan gidratlar birmuncha barqaror bo’lib, suv qattiq modda tarkibiga kiradi. Bunday moddalarni kristallogidratlar deb, kristallogidrat tarkibidagi suvni esa kristallizatsiya suvi deb ataladi.

     Masalan: CuSO4 *5H2O  - mis kuporosi

                    Na2CO3 * 10H2O - kristall soda

                    MgSO4* 7H2O  - taxir   tuz

     Moddalarning  u  yoki  bu erituvchida erish xossasiga eruvchanlik deyiladi. Eruvchanlik avvalambor erituvchi  va  eriydigan  moddalar tabiatiga bog’liq. Masalan, natriy xlorid suvda yaxshi eriydi, lekin benzolda erimaydi.  Yog’ esa suvda erimaydi,  lekin  benzolda  yaxshi eriydi. Eruvchanlik haroratga va bosimga bog’liq.

     Agar modda shu eritmada ortiqcha erimasa, bunday eritma to’yingan eritma deyiladi.Agar modda eritmada yana erisa,  bu eritma to’yinmagan eritma deyiladi.  To’yingan eritmada cho’kma  bilan  eritma o’rtasida muvozanat qaror topadi. To’yingan eritmani cho’kmasidan ajratib olib, ozgina bug’latib yoki biroz sovutib o’ta  to’yingan eritma olish mumkin.  O’ta  to’yingan eritmada erigan modda miqdori to’yingan eritmadagidan ko’proq bo’ladi.  O’ta to’yingan eritma beqaror  bo’lib, chayqatilgandayoq ortiqcha erigan modda darrov cho’kmaga tushadi.

 Eruvchanlik 100g erituvchida erib, to’yingan eritma hosil qiladigan moddaning grammlar soni bilan o’lchanadi.

       Suyuq moddalarning suvda eruvchanligi turlicha.  Ba’zi suyuqliklar masalan: spirt,  glitserin suvda cheksiz eriydi.  Ba’zilari esa ma’lum miqdorda eriydi.  Masalan - fenol sovuq suvda  oz  eriydi.

       Harorat ko’tarilganda  uning eruvchanligi ortadi.  66,45o С dan yuqori

haroratda esa uning eruvchanligi cheksiz bo’ladi.  Bu haroratni kritik  erish harorati  deyiladi.

     Qattiq va  suyuq  moddalarning eruvchanligiga bosim ta’sir etmaydi, chunki ularning hajmi bosim ta’sirida deyarli o’zgarmaydi.

     Harorat ko’tarilshi bilan gazlarning eruvchanligi kamayadi, chunki gazlaraning erish jarayoni ekzotermik jarayondir. Gazlar eruvchanligining bosimga  boQliqligi     Genri qonuni  bilan ifodalanadi:  O’zgarmas haroratda gazlarning eruvchanligi uning bosimiga to’g’ri proportsional.

                           C = k *P

     C - gazning eruvchanligi,

     k - Genri doimiysi,

     P - gazning bosimi.

       Genri-Dalton qonuni: .  Agar biron suyuqlikda gazlarning  aralashmasi erisa,  har  bir  alohida  gazning eruvchanligi shu gazning partsial bosimiga to’g’ri proportsional.

       Sechenov qonuni: . Eritmada elektrolitning kontsentrasiyasi ortishi bilan gazning unda eruvchanligi kamayadi.

                          N = N o e -kc

     N - gazning toza erituvchida eruvchanligi,

  N o-  gazning elektrolit eritmasida eruvchanligi.

 

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan