Turli kontsentrasiyali ikki eritmani o’zaro aralashtirilsa, diffuziya jarayoni oqibatida ma’lum vaqtdan so’ng ularning kontsentrasiyasi tenglashadi.
Agar turli konsentrasiyali ikki eritma o’rtasiga yarim o’tkazgich parda qo’yilsa, diffuziya asosan bir yo’nalishda ruy beradi. Yarim o’tkazgich parda tirqishlari nihoyatda kichik bo’lib undan faqat erituvchi molekulalarigina o’ta oladi, erigan modda molekulalari esa o’ta olmaydi. Erituvchi molekulalari asosan konsentrasiyasi kam eritmadan kontsentrasiyasi ko’p eritmaga o’tadi. Natijada kontsentrasiyasi yuqori eritmaning sathi balandlashib, kontsentrasiyasi oz eritmaning sathi pasayadi.
Erituvchi molekulalarining yarim o’tkazgich parda orqali bir tomonlama diffuziyasiga osmos deyiladi. Osmos hodisasini to’xtatish uchun yuqori kontsentrasiyali eritmaga berilishi zarur bo’lgan bosim osmotik bosim deyiladi.
Osmos hodisasini o’rganib, Vant-Goff quyidagi qonunni kashf etdi: Erigan modda gaz holatida bo’lib, eritma hajmiga teng hajmni egallaganda hosil qiladigan bosimi shu eritmaning osmotik bosimiga teng bo’ladi.
P = CRT P- osmotik bosim, kPa
C - molyar kontsentratsiya, mol/l
R - gaz doimiysi 8,31
T - mutloq harorat.
Osmotik bosim erigan modda molyar kontsentrasiyasiga to’g’ri proportsional.
Noma’lum modda eritmasining osmotik bosimini o’lchab, uning molyar massasini aniqlash mumkin:
n m mRT
C = ---- = ----- P = -----
V M *V M *V
mRT
M = -----
P *V
Osmos hodisasi o’simlik va tirik organizmlar hayotida muhim rol o’ynaydi. Osmotik bosimlari teng bo’lgan eritmalarni izotonik eritmalar deb, osmotik bosimi yuqori eritmalarni gipertonik, past bo’lgan eritmalarni esa gipotonik eritma deb ataladi.