RAUL QONUNLARI


Agar suvda uchuvchan  bo’lmagan,  qattiq  moddalarni  eritilsa, (glyukoza, saxaroza, mochevina) eritma ustidagi to’yingan bug’  bosimi toza erituvchi ustidagi to’yingan bug’   bosimidan har doim kichik  bo’ladi. 1887 yilda fransuz olimi Raul quyidagi qonunlarni kashf etdi.

      I - qonun:   Suyultirilgan eritmalarda eritma to’yingan bug’ bosimining nisbiy pasayishi erigan modda molyar ulushiga teng.               

                                   Po > P          D P =  Po - P    

                     Po - P                               P o - erituvchining to’yingan bug’   bosimi

                     -------- = N 1

                        Po                                 P- eritmaning to’yingan bug’   bosimi

 

                          n 1

            N 1  =   -------                           N 1  - erigan moddaning molyar ulushi

                       n  + n 1

  Ma’lumki eritmaning  muzlash  harorati  toza  erituvchinikidan

yuqori bo’ladi.                        

     _II - qonun: .  Eritma muzlash haroratining pasayishi erigan modda

molyal kontsentrasiyasiga to’g’ri proportsional.

       D  t muz  = k •C            D t muz  = t o muz  - t muz

     t o muz  -    toza erituvchining muzlash harorati

     t muz  -      eritmaning muzlash harorati

   D  t muz   -   muzlash haroratining pasayishi

      C m -   molyal kontsentrasiya, mol/kg

     k   -    krioskopik doimiylik, grad.kg/mol.

     k ning  fizik  ma’nosi  shundaki,  u kontsentrasiyasi 1 mol/kg bo’lgan eritma muzlash haroratining pasayishini ko’rsatadi.

     Har qanday  suyuqlik  uning  to’yingan bug’ bosimi tashqi bosimga teng bo’lganda qaynaydi.

     Eritma qaynash  haroratining  ortishi erigan modda molyal kontsenratsiyasiga to’g’ri proportsionaldir.

                       D t qay  = E* C          D t qay  = t qay  -  t qay

     t qay   -   eritmaning qaynash harorati

     to qay    -   toza erituvchining qaynash harorati

     D t qay -   qaynash haroratining ortishi

     E   -     ebulioskopik doimiylik, grad.kg/mol.

     Krioskopik va ebulioskopik doimiylar faqat erituvchi tabiatigagina bog’liq kattaliklardir. Suv uchun K  = 1,86;     E  =  0,52.

     benzol uchun K  = 5,12 ;      E  = 2,57.

     Eritma muzlash  haroratining  pasayishini yoki qaynash haroratining ortishini o’lchab, noma’lum erigan moddaning molekulyar massasini aniqlash mumkin.

                                                                              K n 

             D t muz  = K Cm   ;                  D t muz  = ---------

                                                                               M 

 

                  K* m* 1000                                       E *m*1000

           M = ----------      ;                              M = ----------

               D t muz* q                                              D t qay*q 

 

        Eritmaning eritmadagi zarrachalar  soniga  bog’liq  xossalari ya’ni osmotik                                   bosimi,  muzlash  va qaynash haroratlarining o’zgarishi  uning kolligativ xossalari deyiladi.

     Vant-Goff va Raul qonunlari faqat noelektrolit moddalarning eritmalarigagina qo’llaniladi.  Agar eritma  elektrolit  moddaniki bo’lsa, elektrolitning dissotsialanishi natijasida zarrachalarning soni ortadi.  Shu sababli elektrolit eritmasining osmotik  bosimi, muzlash va  qaynash  haroratlarining o’zgarishi shunday kontsentrasiyali noelektrolit modda eritmasinikidan yuqori bo’ladi. Yqoridagi formulalarni elektrolitlar  eritmasiga  qo’llash uchun Vant-Goff izotonik koeffitsientnikiritdi.

                      P = iCRT          D tmuz = i K Cm               Dt qay  = i E Cm

     Izotonik koeffitsient elektrolit eritmasining osmotik bosimi, muzlash va qaynash haroratlarining o’zgarishi teng kontsentrasiyali noelektrolitnikidan necha marta katta ekanligini ko’rsatadi.

                   DP taj        Dt muz taj             Dtqay taj

              i = ------ =      -----           =   ----------

                   DPnaz       Dt muz naz           Dtqay naz

 

         I= 1+a(m   -  1)            a   -disotsilanish darajasi;

                                               m- har bir molekuladan ionlarning hosil bo’lish

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan