KUCHLI VA KUCHSIZ ELEKTROLITLAR


 Bu nazariyani 1887 yilda shved olimi S.Arrenius yaratgan. Uning mohiyati quyidagilardan iborat:

  1. Elektrolitlar  suvda  eriganda  musbat  va manfiy zaryadli   ionlarga ajraladi.  Bu jarayonni elektrolitik dissotsiatsiya deb ataladi.
  2. Elektr toki ta’sirida musbat zaryadli ionlar katodga, manfiy zaryadli  ionlar  anodga tortiladi.  Shu sababli ularni      mos ravishda kationlar va anionlar  deb ataladi.
  3. Dissotsiatsiya qaytar jarayondir.

         Eritmasi yoki suyuqlanmasi elektr tokini o’tkazadigan moddalarni elektrolitlar   deyiladi.Elektrolitlarga  tuzlar,  kislotalar, asoslarning suvdagi eritmalari kiradi.                     

     Eritmasi elektr  tokini  o’tkazmaydigan moddalarni noelektrolitlar deyiladi.  Noelektrolitlarga kislorod, oltingugurt, spirt, mochevina kabi moddalarning suvdagi eritmalari  kiradi.

     Arrenius nazariyasining kamchiligi shundaki, u erituvchi va erigan modda  zarrachalarining  o’zaro ta’sirlashuvini hisobga olmaydi. Vaholanki, eritmada ionlar erkin holda emas,  balki  gidratlangan holda bo’ladi.

 

           KA  +  nH2O    =    K +(H2O)x  + A - (H2O) n-x

 

     Masalan vodorod ioni eritmada gidroksoniy ioni holida bo’lishi aniqlangan.

             H  +   H2O   =   H3O+                                  

             NH  +H2O   = [NH4]OH                                     

         Akseptor   donor    gidroksoniy ioni   qutbli  kovalent  bog’lanishli moddalar molekulalaridagi atomlar orasidagi bog’ qutbli suv molekulalari ta’sirida  bo’shashadi  va dissotsiatsiya ro’y beradi.

          HCl (g)  + nH2O  = H(H 2O)    + Cl(H2O)n-1

     Erituvchining ionlar  orasidagi  tortishuv  kuchini  susaytirish xossasiga dielektrik o’tkazuvchanlik deyiladi. Dielektrik shu muhitda zaryadlar  orasidagi  tortishuv  kuchi vakuumdagiga nisbatan necha marta kuchsiz ekanligini ko’rsatadi. Kulon qonuniga binoan e 1  va e 2 zaryadlar orasidagi masofa r bo’lsa, ular orasidagi tortishuv kuchi Q quyidagicha aniqlanadi.

 

                             e 1 * e 2

                     Q = --------

                             E *  r2                      

     E - erituvchining dielektrik doimiyligi.

     Formuladan ko’rinib turibdiki,  E qancha katta bo’lsa, tortishuv kuchi shuncha kichik bo’ladi. Suvning dielektirik doimiyligi eng katta (E =  81 suv uchun).

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan