Ionlarga ajralgan molekulalar sonining umumiy molekulalar soniga nisbati dissotsiyalanish darajasi deyiladi.
n
a= --------
N
a- dissotsiyalanish darajasi; n-ionlarga ajralgan molekulalar soni;
N- umumiy molekulalar soni.
Kuchli elektrolitlar eritmasida molekulalar ionlarga to’la dissotsiyalangan. Ularda a ning qiymati 30 % dan yuqori bo’ladi.kuchli elektrolitlarga:
1) kuchli kislotalar HCl, HBr, HJ, HNO3, H2SO4, HClO4, HMnO4, H2CrO4, H2Cr2O7 lar kiradi;
2) kuchli asoslarga 1 va 11 guruh metallarining asoslari olnishi mumkin Be(OH)2 va Mg(OH)2 dan tashqari;
3) barcha suvda eruvchan tuzlar ham kuchli elektrolitlarga kiradi.
Kuchsiz elektrolitlar uchun dissotsiyalanish darajasi 3% dan kam qiymatga ega bo’ladi. Kuchsiz elektrolitlarga:
Dissotsilanish jarayoni eritma konsentrasiyasi,elektrolit tabiatiga va temperaturaga bog’liq.
Dissotsiyalanish jarayonini dissotsiyalanish konstantasi bilan tasniflash mumkin.
HNO2 = H+ + NO2 –
[H+ ]*[ NO2 –]
K= ----------------------
[HNO2]
[H+] va [NO2–]- ionlarning molyar konsentrasiyasi;
[HNO2] dissotsiyalanmagan ionlarning konsentrasiysi.
K elektrolit tabiati va temperaturaga bog’liq. K qiymati qancha kichik bo’lsa elektrolit kuchsiz hisolanadi.
Agar [ H+ ]= a*C ; [ NO2 –]= a*C; [HNO2]= (1- a)*C
a*Ca*C a2*C a2*C
K= ------------------= ----------; K=-----------.
( 1 - a)*C 1 - a 1 - a
Bu tenglama Ostvaldning suyultirish qonuni deyiladi. a qanchalik katta bo’lsa K ning qiymati ham shuncha yuqori bo’ladi. Juda kuchsiz elektrolitlar uchun
1 - a = 1 bo’lsa, K= a2*C qiymatga teng bo’ladi.