Ionlar orasidagi reaksiyalar doimo muvozanatda bo’ladi. Bu muvozanat suriluvchi muvozanatdir.
CH3COOH= CH3COO-+H+
Agar shu eritmaga asetat natriy qo’shilsa muvozanat ionlar hosil bo’lish tarafiga qarab suriladi.
Eritmaga kuchsiz elektroliti bilan bir xil ionga ega bo’lgan elektrolit qo’shilsa muvozanat kuchsiz elektrolitning dissotsiyalanish darajasi kamayish tarafiga qarab suriladi.
Agar asetat natriy bo’lgan eritmaga biror kislota ,masalan HCl qo’shilsa muvozanat ionlar konsentrasiyasini kamayishi tarafiga qarab suriladi:
CH3COONa + HCl = CH3COOH + NaCl
CH3COO-+ H+ + = CH3COOH + Cl-
Kam eriydigan tuz MnS(q) xlorid kislotada eritilsa erish jarayoni oson sodir bo’ladi:
MnS(q) + 2 HCl = MnCl2 + H2S
MnS(q) + 2H+ = Mn2+ + H2S
Eruvchanlik ko’paytmasiga kora EK MnS =2,5*10-10 ga teng. KH2S=6*10-22 . Shuning uchun muvozanat o’nga surilgan.
Shunday muvozanat mis sulfidi va xlorid kislota eritmasi orasida sodir bo’lishi kuzatilsa:
CuS(q) + 2HCl = CuCl2 + H2S
EK CuS= 6*10-36; bu qiymat H2S ning dissotsiyalanish konstantasidan ancha kichik shuning uchun muvozanat bu jarayonda chapga surilgan. Mus sulfidi xlorid kislotasida erimaydi.
Agar amfoter elektrolitlar orasidagi reaksiyalar kuzatilsa ,masalan rux gidroksidi ham asoslarda ham kislotalarda muvozanat o’zgaradi.