Suv ham kuchsiz elektrolitlarga kiradi. Lekin, suv molekulasi oz bo’lsada ionlarga disotsilanadi:
H2O = H++OH-
Suv uchun dissotsiyalanish konstantasining qiymati yozilsa:
[H+]*[OH-]
Kd= -------------- = 1,8*10-16 (200C da)
[ H2O]
Agar shu qiymat asosida [H+]*[OH-] ko’paytma topilsa, u suvning ion ko’paytmasi deyiladi.
Kw= [H+]*[OH-]= Kd*[H2O]= 1,8*10-16*1000/18= 1*10-14
Kw – suvning ion ko’paytmasi ; Kw= 1*10-14
Agar eritmada [H+] =[OH-] bo’lsa muhit neytral muhit hisoblanadi.
Bunda [H+]= [OH-] = 10-7 mol/l ga teng bo’ladi.
Agar muhit kislotali bo’lsa [H+] ionlari 0 dan 10-7 mol/l gacha bo’ladi.
Agar muhit kislotali bo’lsa [H+] ionlari 10-7 mol/l dan 10-14 mol/l gacha bo’ladi.
Lekin vodorod ionlari konsentrasiyasi orqali hisoblashlarda juda kichik sonlar ishlatilgani uchun bunday hisoblar anchagina qiyinchiliklar yuzaga keltiradi. Hisoblashlarni osonlashtirish uchun vodorod ko’rsatkich yoki pH qabul qilingan.
Vodorod ko’rsatkich yoki pH deb , vodorod ionlari konsentrasiyasini teskari ishora bilan olingan o’nli logarifmi tushuniladi.
pH = - lg [H+]
Shunga o’xshash pOH= - lg [OH-]
Toza suvning pH qiymati pH= - lg[10-7]= -( -7) lg 10= 7 ga teng.
Hisoblashlarga ko’ra kislotali muhit uchun pH qiymati 0 dan 7 gacha o’zgaradi.
Ishqoriy muhitda esa pH qiymati 7 dan 14 gacha sonlar qabul qiladi.
[H+]*[OH-]= 10-14 qiymat logarifmlansa , unda pH + pOH = 14 ga teng.
Oxirgi tenglama pH ma’lum bo’lsa pOH ni yoki teskarisini topishga imkon beradi.