OKSIDLANISH VA QAYTARILISH REAKSIYALARI


Ma’ruzaning maqsadi – oksidlanish- qaytarilish reaksiyalarini tenglashtitishni  yarim reaksiya usuli bilan tanishish va bu reaksiyalarning borish yo’nalishini oldindan aytib berish.

            Oksidlanish darajasi atomning molekuladagi shartli zaryadi bolib, u molekula hosil qilishda atom nechta elektron bergani yoki olganini ko’rsatadi.

1)     barcha oddiy moddalar uchun oksidlanish darajasi nolga teng. P0,Cl20, H20,C0,Al0,Cr0  va hokazo.

2)     Vodorodni birikmalardagi oksidlanish darajasi  +1 ga teng. Faqat metall gidridlarida  vodorodni oksidlanish darajasi -1 ga teng(K+1H-1,

Ca+2H-12,Al+3H3-1).

3)     Agar murakkab modda ikkita elementdan tashkil topgan bo’lsa bu elementlarning oksidlanish darajasi valentlikka teng,lekin u + yoki  - ishoraga ega bo’ladi. Masalan, H+Cl-, H2+S-2, S+6O3-2, Mn2+7O7-2 va bosqalar.

4)     Murakkab moddani tashkil etgan atomlarning oksidlanish darajalari yig’ndisi nolga teng.  Masalan, H2+1S+6O4-2   =+2+6-4x2= +8-8=0;

H3PO4; P ning oksidlanish darajasi +5; H +1, O-2.  Vodorod va kislorodning oksidlanish darajalari yig’indisidan oksidlanish darajasi noma’lum element  topiladi. HMnO4;  H+1, O-8;  +1-8=+7 Mn ning oksidlanish darajasini ko’rsatadi.

5)     Bir elementni oksidlanish darajasining qiymati bir nechta bo’lishi mumkin. H2S,S, SO2,  SO3, H2SO3,  H2SO4  dagi oltingugurtni oksidlanish darajasi -2, O, +4, +6,  +4  va +6 ga teng. Ularni ichida eng kichik oksidlanish darajasiga ega bo’lgan element qaytaruvchi va eng yuqori oksidlanish darajasiga ega bo’lgan element oksidlovchi bo’ladi.

NH3,  N2,  N2O, NO, N2O3,NO2, N2O5,  HNO2  va HNO3 lardagi N ning oksidlanish daragasi -3, O, +1,+2,+3,+4,+5, +3 va +5 ga teng. Bu birikmalardan NH3 qaytaruvchi va HNO3 hamda N2O5 oksidlovchilardir.

Agar kimyoviy reaksialar oksidlanish darajasi o’zgarishi bilan borsa bunday reaksiyalar oksidlanish – qaytarilish reaksiyalari deyiladi.                        0          +1  -1           +2      -1        0

                                           Zn+2HCl= ZnCl2 + H2 

                                    0               +6           +2  +6              +4

                   Cu  + H2SO4 = CuSO4-2  + SO2 + H2O     

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan